Hannah Auchentaller (2001-yil 28-martda tugʻilgan) – italiyalik biatlonchi. Biatlon boʻyicha jahon kubogida ishtirok etadi. Auchentaller Germaniyaning Oberhof shahrida oʻtkazilgan biatlon boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionatida 4 × 6 km jamoaviy estafeta bahsida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Hannah Auchentaller ilk bor xalqaro musobaqada 2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan boʻlib, eng yaxshi natijasi yoshlar oʻrtasida estafeta bahslarida 33-oʻrin boʻlgan. Xalqaro darajadagi ilk medalini 2020-yil Lenzerheide shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ayollar oʻrtasida jamoaviy estafeta bahslarida Linda Zingerle va Rebecca Passler bilan birga qoʻlga kiritgan.

2022—2023-yilgi mavsumda Jahon kubogida ilk ochkolarini toʻplagan va Anterselvada oʻtkazilgan quvib yetish poygasida 33-oʻrinni egallaydi. Oberhofda boʻlib oʻtgan biatlon boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionatida Samuela Comola, Dorondea Wierer va Lisa Vittozzi bilan birga estafeta bahsida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, sprintda 33-oʻrin, taʼqib poygasida 32-oʻrin, mass-startda 29-oʻrin va individual poygada 22-oʻrinni egallagan. Manbalar

Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashuvchi biatlonchilar