Ozarbayjon delegatsiyasi 2014-yil 7-23-fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Ozarbayjon sharafini himoya qilgan sportchilarning barchasi xorijda tugʻilgan boʻlsa-da, Sochi Olimpiadasida Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari Konul Nurullayeva shunday degan: „Olimpiadaning ochilish marosimida kamida uch marta Ozarbayjon tilga olinsa, bu biz uchun katta gap boʻladi. Bizga reklamadan boshqa yana nima kerak? Biz buning uchun ham ishlaymiz.“
2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Ozarbayjon boshqa raqobatchi davlatlar orasida medal olgan sportchilari uchun eng katta bonuslarni taklif qilgan (oltin uchun 510 000 dollar, kumush uchun 255 000 dollar va bronza medali uchun 130 000 dollar).
Ochilish marosimida mamlakat qishki sport federatsiyasi prezidenti Rahmon Xalilov bayroqni koʻtarib chiqgan.
Natijalar
Togʻ changʻisi sporti
2014-yil 20-yanvarda eʼlon qilingan kvota taqsimotiga koʻra, Ozarbayjon ikki nafar sportchini saralab oldi. Gaia Bassani Antivari mashgʻulotlar paytida jarohat olgani uchun musobaqani tark etishga majbur boʻldi.
SportchiTadbir1-bosqich2-bosqichUmumiyVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinPatrick BrachnerErkaklar gigant slalomi1:31.32601:32.31533:03.6353Erkaklar slalomiGaia Bassani AntivariAyollar slalomi
Figurali uchish
Ozarbayjon quyidagi kvota oʻrinlariga erishdi:
Sportchi Tadbir Umumiy Ochko Oʻrin Ochko Oʻrin Ochko OʻrinJulia ZlobinaAlexei SitnikovMuz ustida raqs 58.15 14 Q 90.48 11 148.63 12
Manbalar
Havolalar
Turkum:2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar Turkum:2014-yilda Ozarbayjon Turkum:Ozarbayjon Olimpiada oʻyinlarida Turkum:2014-yilda Ozarbayjonda sport