Olimpiada maskotlari – Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilayotgan mamlakat yoki shaharning tarixiy, madaniy va tabiiy oʻziga xosligini ifodalovchi ramziy qahramonlardir. Ular odatda mezbon hududga xos hayvonlar, afsonaviy mavjudotlar yoki inson qiyofasidagi personajlar koʻrinishida yaratiladi. Maskotlar sport bayramining ramziy belgilaridan biri hisoblanib, oʻyinlarning gʻoyaviy mazmunini keng ommaga yetkazishda muhim kommunikativ vosita vazifasini bajaradi. Olimpiada maskotlari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi va ular oʻyinlar marketingi, reklama kampaniyalari, esdalik sovgʻalari hamda turli axborot mahsulotlarida keng qoʻllaniladi. Maskotlarning asosiy vazifasi – Olimpiya oʻyinlarining gʻoyalarini, xususan, tinchlik, doʻstlik, hamkorlik va halol raqobat tamoyillarini yoshlar hamda keng jamoatchilik orasida targʻib qilishdir. Shu bilan birga, maskotlar turizmni rivojlantirish, mezbon shahar imijini mustahkamlash hamda madaniy merosni xalqaro miqyosda tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy manbalarga koʻra, Olimpiada maskotlarining ilk namunalaridan biri 1968-yilgi 1968-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari (Grenobl) uchun yaratilgan changʻichi qahramon – Schuss hisoblanadi. Mazkur maskot rasmiy maqomga ega boʻlmagan boʻlsa-da, keyingi yillarda maskotlar anʼanasining shakllanishiga muhim turtki bergan. Rasmiy Olimpiada maskoti esa ilk bor 1972-yilgi 1972-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari (Myunxen)da Waldi nomi bilan taqdim etilgan boʻlib, u rang-barang tusdagi taksa zotiga mansub it tasviri asosida yaratilgan. Vaqt oʻtishi bilan Olimpiada maskotlari dizayni yanada murakkablashib, ularni yaratishda milliy folklor, zamonaviy dizayn, animatsiya sanʼati hamda marketing strategiyalaridan keng foydalanila boshlandi. Ayrim maskotlar bir nechta personajlardan iborat boʻlib, ular doʻstlik, jamoaviylik va turli madaniyatlar uygʻunligini ramziy tarzda ifodalaydi. 2010-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlaridan boshlab Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari maskotlari koʻpincha birgalikda ishlab chiqilib, umumiy konsepsiya asosida taqdim etilmoqda. Bu esa sportning inklyuzivlik tamoyillarini yanada keng targʻib qilishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Yoshlar Olimpiya o‘yinlari ham oʻz maskotlariga ega boʻlib, ular yosh avlod orasida sportga qiziqishni kuchaytirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda global sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy Olimpiada maskotlari nafaqat ramziy timsol, balki global brend elementiga aylangan boʻlib, ular orqali Olimpiya harakati qadriyatlari butun dunyoga keng tarqatilmoqda.

Olimpiada maskotlari OʻyinlarShaharNomiTuriDizaynerAhamiyati (izoh)Rasm1932-yilgi yozgi Olimpiada Los-AnjelesSmokyItOlimpiya oʻyinlari tarixida tirik hayvon boʻlgan yagona maskot. (norasmiy)1964 TokioKapaKappaNomaʼlumYapon folkloridagi mifologik mavjudot. (norasmiy)1968-yilgi qishki Olimpiada GrenoblSchussChangʻichiAline LafargueFransiya bayrogʻi ranglaridagi mavhum (abstrakt) qahramon. „Schuss“ nomi changʻida baland tezlikda tik pastga toʻgʻri sirgʻanishni anglatuvchi atamadan kelib chiqqan. (dastlab norasmiy, keyinchalik XOQ tomonidan tan olingan)1968-yilgi yozgi Olimpiada MeksikoChac MoolYaguarNomaʼlumPushti rangda tasvirlangan, chacmool uslubidagi yaguar. (norasmiy)1972-yilgi qishki Olimpiada SapporoTakuchanOsiyo qora ayiğiSeiko dizayn boʻlimiOʻyinlar homiylari tomonidan yaratilgan va targʻib qilingan maskot. (norasmiy)1972-yilgi yozgi Olimpiada MyunxenWaldiTaksa itiElena WinschermannBavariyada keng tarqalgan zot. U sportchilarga xos boʻlgan chidamlilik, qatʼiyat va epchillik kabi fazilatlarni ifodalagan.1976-yilgi qishki Olimpiada InsbrukSchneemann and SonnenweiberlQorbobo va quyosh ayoliWalter PötschSchneemann (qorbobo) nomi nemis tilidagi „qorbobo“ soʻzidan olingan. U Alp togʻlariga xos anʼanaviy tirolcha shlyapa (qizil) kiygan.1976-yilgi yozgi Olimpiada MonrealAmikQunduzYvon Laroche, Pierre-Yves Pelletier, Guy St-Arnaud va George HuelQunduz Kanadaning milliy ramzlaridan biri hisoblanadi.1980-yilgi qishki Olimpiada Leyk-PlasidRoniRakununDonald MossYuz tuzilishi musobaqachilarning shlyapa va himoya koʻzoynagini eslatadi. Nom Adirondak togʻ tizmasi bilan bogʻliq. Dastlab „Rocky“ ismli tirik rakun maskot boʻlgan, biroq u nobud boʻlgach, Roni qahramoni yaratilgan.1980-yilgi yozgi Olimpiada MoskvaMisha (Misha)Jigarrang ayiqViktor Chijikov"Rus ayiği" Sovet Ittifoqining milliy ramzi sifatida talqin qilingan.1984-yilgi qishki Olimpiada SarayevoVučkoBoʻriJože TrobecBoʻri Yugoslaviya ertaklarida tez-tez uchraydi hamda Dinar Alp togʻlarida keng tarqalgan. Maskot yumshoq va yoqimli qiyofada tasvirlanib, real boʻrilarga xos „yovuzlik“ obrazidan uzoqlashtirilgan.1984-yilgi yozgi Olimpiada Los-AnjelesSamKal burgutRobert Moore (The Walt Disney Company)Amerika Qoʻshma Shtatlarining milliy qushi.1988-yilgi qishki Olimpiada KalgariHidy and HowdyQutb ayiqlariSheila ScottGʻarbiy Kanadaning mehmondoʻstligini ifodalaydi.1988-yilgi yozgi Olimpiada SeulHodori (호돌이)Sibir yoʻlbarsiHyun KimSibir yoʻlbarsi koreys afsonalari va rivoyatlarida muhim oʻrin tutadi. Hodori avval 1986-yilgi Osiyo o‘yinlari maskoti sifatida ham ishlatilgan.1992-yilgi qishki Olimpiada AlbertvilMagiqueYulduzsimon inson / qor jinchasiPhilippe MairesseRanglar Fransiya bayrogʻi ranglariga asoslangan. Magique oʻyinlar boshlanishidan ikki yil avval dastlabki maskot (togʻ echkisi) oʻrnini egallagan.1992-yilgi yozgi Olimpiada BarselonaCobiKataloniya choʻpon itiXavier MariskalAvangard va kubizm ohangidagi uslubda chizilgan.1994-yilgi qishki Olimpiada LillehammerHåkon va KristinInson qahramonlarKari va Werner GrossmanVikingcha libosdagi ilk inson koʻrinishidagi Olimpiada maskotlari. Ular Hakon Hakonson va Kristin Sverrisdottir nomlari bilan atalgan.1996-yilgi yozgi Olimpiada AtlantaIzzyNomaʼlumJohn RyanKompyuter animatsiyasi orqali yaratilgan ilk Olimpiada maskoti.1998-yilgi qishki Olimpiada NaganoSnowlets: Sukki, Nokki, Lekki va TsukkiBoyqushlarPierre-Laurent Thève / Landor Associates (Parij)Toʻrt boyqush mos ravishda olov, yer, havo va suv unsurlarini ifodalaydi. Ular dastlabki maskot – Snowple (lasicha) oʻrniga kiritilgan.2000-yilgi yozgi Olimpiada SidneyOlly ("Olympic"dan)KukaburraJozef Szekeres va Matthew HattonOlimpiya ruhidagi saxovat va doʻstlik gʻoyasini ifodalaydi.Syd ("Sydney"dan)OʻrdakburunAvstraliya xalqining quvnoqligi, kuch-gʻayrati va tabiat bilan uygʻunligini ifodalaydi.Millie ("Millennium"dan)ExidnaYangi ming yillik (Millennium) gʻoyasini ifodalaydi. Uchala maskot ham Avstraliyada uchraydigan yovvoyi hayvonlar sifatida talqin qilingan.Fatso the Fat-Arsed WombatVombatRoy and HG, Paul NewellNorasmiy boʻlsa-da, ommabopligi bilan rasmiy maskotlardan ham ustun boʻlib ketgan. (norasmiy)2002-yilgi qishki Olimpiada Solt-Leyk-SitiPowder ( Swifter)Snowshoe hareSteve Small, Landor Associates va PublicisUch maskot ham Yuta shtatiga xos hayvonlar. Ularning nomlari shtat iqtisodiyotida muhim boʻlgan tabiiy resurslarga ishora qiladi. Mahalliy tub aholi rivoyatlaridagi obrazlar bilan bogʻlangan. Har birining boʻynida petroglif tasvirli tumor bor.Copper (Higher)KoyotCoal (Stronger)Amerika qora ayiği2004-yilgi yozgi Olimpiada AfinaAthena va Phevos (Αθηνά και Φοίβος)DaidalaSpyros GogosQadimgi yunon „daidala“ haykallarini eslatuvchi, zamonaviy uslubda talqin qilingan ikki bola qiyofasi.2006-yilgi qishki Olimpiada TurinNeve va GlizQor boʻlagi va muz kubiPedro AlbuquerqueNomlari mos ravishda „Qor“ va „Muz“ degan maʼnoni anglatadi. Dizaynlar xalqaro tanlov orqali tanlangan (gʻolib – Pedro Albuquerque).2008-yilgi yozgi Olimpiada PekinBeibeiKoiHan MeilinBesh ism birgalikda „Beijing huan ying ni“ (北京欢迎你) – „Pekin sizni kutib oladi“ jumlasini hosil qiladi. Har biri Olimpiya halqalari va Feng Shui unsurlarini ifodalaydi.JingjingKatta pandaHuanhuanOlimpiya oloviYingyingTibet antilopasiNiniQaldirgʻoch2010-yilgi qishki Olimpiada VankuverMigaDengiz ayiğiMeomi DesignOrka va kermode ayiği aralashmasi sifatida talqin qilingan.QuatchiSasquatchKanada mifologiyasidagi afsonaviy maxluq.MukmukVankuver oroli marmotiRasmiy maskot emas, biroq „sidekick“ (hamroh qahramon) sifatida koʻrsatilgan. 2012-yilgi yozgi Olimpiada LondonWenlockPoʻlat tomchisi (koʻz oʻrnida kamera linzasi)IrisMuch Wenlock qishlogʻi (Shropshire) nomi bilan atalgan; u XIX asrda Wenlock Olympian Games musobaqalariga mezbonlik qilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniyada Sanoat inqilobi boshlanganini ramziy ifodalaydi.2014-yilgi qishki Olimpiada SochiBely Mishka, Leopard va Zaika (Leopard, Zayka, Beliy Mishka)Qutb ayiği, qor barsi va quyonSilvia Petrova, Vadim Pak, Oleg SerdechnyOmmaviy ovoz berish orqali tanlangan ilk Olimpiada maskotlari.Zoich (Zoych)Koʻk, moʻynali qurbaqa (gʻalati koʻzli)Yegor ZhgunMaskot boʻyicha ovoz berishni targʻib qilish uchun yaratilgan, „norozilik ovozi“ sifatida ham talqin qilingan obraz. (norasmiy)2016-yilgi yozgi Olimpiada Rio-de-JaneyroViniciusBraziliya sutemizuvchilarining gibrid timsoliLuciana Eguti va Paulo MuppetBraziliya faunasidan ilhomlangan. Nom shoir va bossa-nova bastakori Vinisius de Moraes sharafiga qoʻyilgan; tanlov ommaviy ovoz berish orqali hal qilingan.2018-yilgi qishki Olimpiada PyeongchangSoohorang (수호랑)Oq yoʻlbarsMASS C&GKoreys mifologiyasida yoʻlbars himoya, kuch va ishonch ramzidir. Nom „Sooho“ (himoya) va „Rang“ (yoʻlbars soʻzi hamda Gangvon provinsiyasi xalq qoʻshigʻi nomi) birikmasidan tuzilgan.2020-yilgi yozgi Olimpiada TokioMiraitowa (ミライトワ)RobotRyo TaniguchiSuperqahramon uslubida yaratilgan robot. U anʼana va innovatsiya uygʻunligini ifodalaydi. Maskot Yaponiya boʻylab maktab oʻquvchilari taqdim etgan chizmalardan saralab olingan.2022-yilgi qishki Olimpiada PekinBing Dwen Dwen (冰墩墩)Katta pandaCao XueMuz „kostyum“ va oltin yurak timsoli bilan yaratilgan panda qishki sport turlariga mehr qoʻygan obraz sifatida talqin qilingan; u Olimpiya ruhini targʻib etadi.2024 ParijOlimpiya PhrygeFrigiya qalpogʻiGilles DelerisFransuz inqilobi ramzlaridan biri boʻlgan frigiya qalpogʻiga asoslangan.2026 Milan–Kortina-dʼampetssoTinaLasicha (stoat)Calabriya (Taverna)dagi „Istituto Comprensivo“ oʻquvchilari"Tina" nomi mezbon shaharlardan biri – Cortina d’Ampezzo nomidan qisqartirib olingan.

Yoshlar Olimpiadasi maskotlari