Urs ( yoki Urus – soʻzma-soʻz „toʻy“ maʼnosini bildiradi) – soʻfiy avliyolarining vafot etganining yillik bayrami boʻlib, odatda avliyoning dargohida (maqbara yoki ziyoratgohida) oʻtkaziladi. Naqshbandiya, Suhravardiya, Chishtiya, Qodiriya kabi koʻpgina soʻfiy tariqatlarida Urs anʼanasi mavjud. Bu tadbir katta tantana bilan nishonlanadi. Muxlislar avliyolarni Xudo muhabbatiga erishgan deya baolab „Xudo oshiqlari“ deb atashadi.
Urs marosimlari odatda dargoh qoʻriqchilari yoki silsilaning amaldagi shayxi tomonidan oʻtkaziladi. Urs nishonlanishi Hamddan Naʼtgacha boʻlgan diniy marosimlarni, koʻp hollarda qavvali kabi diniy musiqiy ijrolarni ham oʻz ichiga oladi. Marosimda, shuningdek, turli xil taomlar tayyorlanadi, savdo doʻkonlari va bozorlar tashkil etiladi.
Ajmer Sharifdagi Xoja Moʻyinuddin Chishtiy Urs marosimiga har yili 400,000 dan ortiq ziyoratchi tashrif buyuradi va bu dunyodagi eng mashhur Urs festivallaridan biri hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Hindistonda Islom Turkum:Pokistonda Islom Turkum:Pokistonda soʻfizm Turkum:Bangladeshda Islom Turkum:Bangladeshda soʻfizm Turkum:Arabcha so‘z va iboralar Turkum:Islomiy terminologiya Turkum:Barelvi bayramlari