„Scared to Live“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning, toʻrtinchi studiyaviy albomi – After Hours tarkibiga kiruvchi qoʻshigʻi. Ushbu qoʻshiq birinchi marta 2020-yil 8-martda, amerikalik musiqachi Oneohtrix Point Never bilan birga, Saturday Night Live koʻrsatuvida ijro etilgan. Saturday Night Livedagi ijro albomning deluxe nashri bilan birga 2020-yil 23-martda rasmiy ravish taqdim etilgan. The Weeknd ushbu qoʻshiqni Max Martin va Oscar Holter bilan birgalikda yozib, prodyuserlik qilgan, shuningdek, qoʻshiq mualliflari sifatida Belly va Oneohtrix Point Never ham kiritilgan. Elton John va Bernard Taupin esa qoʻshiqda Elton Johnning 1970-yilda chiqarilgan „Your Song“ qoʻshigʻidan olingan interpolyatsiya sababli qoʻshimcha mualliflik huquqiga ega.

Tarixi va targʻib 2020-yil fevral oyining boshlarida Saturday Night Live 2020-yil 7-mart kuni The Weeknd dasturga musiqiy mehmon sifatida qatnashishini tasdiqladi. Shu epizod davomida The Weeknd, Kenan Thompson va Chris Redd bilan birga „On the Couch“ sketchida qatnashdi hamda After Hours albomidan ikki qoʻshiqni – „Blinding Lights“ singlini va hali taqdim etilmagan „Scared to Live“ni (Oneohtrix Point Never bilan birga) ijro etdi. Qoʻshiqning studiya versiyasi esa 2020-yil 20-mart kuni albomning boshqa treklari bilan birga chiqarildi.

Elton John Yangi Zelandiya radiosi boshlovchisi Zane Lowe bilan suhbatda „Scared to Live“ qoʻshigʻida oʻzining „Your Song“ qoʻshigʻi interpolyatsiya qilinganidan mamnunligini bildirgan. Shuningdek, quyidagicha fikr bildirgan:

Matni va kompozitsiyasi „Scared to Live“ sinti-pop janridagi ballada sifatida tavsiflangan boʻlib, Elton Johnning „Your Song“ qoʻshigʻidek anʼanaviy pop va adult contemporary ohanglarga sodiqligini saqlab qoladi. Qoʻshiq matni The Weekndning sobiq sevgilisi bilan munosabatlarining yakuniga oid kechinmalarni ifodalaydi – bu ajralishdan soʻng ular yana oʻz muhabbatlarini topishi mumkinmi degan savolni tugʻiladi. The Weeknd sobiq sevgilisiga oʻz yoʻlini topib, oʻtmishga qaramay yashashni maslahat beradi; u oʻz ayblari uchun uzr soʻraydi, biroq ular oʻrtasidagi tuygʻularni hanuz sogʻinayotganini ham yashirmaydi.

Tanqidiy qabul Qoʻshiq tanqidchilardan tomonidan eʼtirofga sazovor boʻldi va albomdagi eng yorqin asarlardan biri sifatida baholandi. Balladaning minimalistik tuzilishi, samimiy matni hamda The Weekndning ovozi alohida maqtovga sazovor boʻldi. Jurnalistlar qoʻshiq matnining toʻliqligi (oxiriga yetkazilgani)ni eʼtirof etishdi va uning ohangini Phil Collins ijro etgan balladalarni eslatuvchi qoʻshiq sifatida tilga olishdi. Vibe jurnalidan Jack Riedy esa trekni quyidagicha tasvirlab oʻtadi: „Tinglovchi goʻyoki disko shari nurlari ostida bitiruv kechasining soʻnggi raqsida raqs tushayotgan yosh qalblarni koʻrayotgandek boʻladi. Tesfaye esa ulardan yana yashashdan qoʻrqmaslikni soʻraydi“.

Slant nashridan Seth Wilson qoʻshiq haqida shunday yozgan: "Bu qoʻshiq pop-ballada ulugʻvorligini – yurakni rom etuvchi, yodda qoladigan naqarot va oʻtmishdagi muhabbatga sokinlik bilan nazar tashlaydigan matnlarni namoyon etadi. Unda faqatgina vaqt oʻtishi bilan yetiladigan hayotiy donishmandlik bor. Qoʻshiq haddan tashqari hissiyotlarga berilib ketgandek tuyuladi, biroq u har xil syurprizlarga boy, xususan, koʻp tinglovchilar payqamay qoladigan Elton Johnning „Your Song“ qoʻshigʻiga qilingan murakkab, naqarotga singib ketgan ishora bor". The Ringerdan Micah Peters bu asarni: „His-tuygʻularga boy boʻlib, unda The Weeknd ilgari juda ham qaygʻuli boʻlgan his-tuygʻular oʻrnini egallagan quvonch va dardni koʻrsatadi“, – deya tavsiflagan. NME jurnalisti Will Richard qoʻshiqni: „Nur sochayotgan, taʼsirli ballada“, – deb atagan. Vulturedan Craig Jenkins esa shunday yozadi: „Trap barabanlari ustida jaranglaydigan sintezatorlar, zavqli burilishlar bilan boyitilgan. Qoʻshiqning matnining puxtaligi, ohang va gʻoyaning uygʻunligi seziladi“.

Tijoriy muvaffaqiyati Albom chiqarilganidan soʻng, „Scared to Live“ 2020-yil 4-aprel sanasidagi Billboard Hot 100 chartida 24-oʻrinni egalladi. Bu oʻsha haftada After Hours albomidan eng yuqori natija koʻrsatgan beshinchi qoʻshiq boʻldi.

Jonli ijrodagi chiqishlar Qoʻshiq birinchi marta 2020-yil 7-martda SNL dasturida „Blinding Lights“ bilan birga jonli ijro etildi. Bu chiqish Daniel Craig tomonidan tanishtirildi va The Weeknd bandajlangan holatda, qonga botgan burun bilan va After Hours erasining tashrif qogʻoziga aylangan qizil kostyumni kiygan holda kuyladi. Uning yonida Oneohtrix Point Never sintezatorni chaldi.

Xodimlar Maʼlumotlar Genius saytidan olindi.

The Weeknd – qoʻshiq muallifi, vokal, ishlab chiqarish, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban Max Martin – qoʻshiq muallifi, ishlab chiqarish, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban Oscar Holter – qoʻshiq muallifi, ishlab chiqarish, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban Belly – qoʻshiq muallifi Oneohtrix Point Never – qoʻshiq muallifi, sintezator dasturlashi (SNL Live) Elton John – qoʻshiq muallifi Bernard Taupin – qoʻshiq muallifi Dave Kutch – mastering Kevin Peterson – mastering Shin Kamiyama – muhandis Sam Holland – muhandis Michael Ilbert – muhandis Serban Ghenea – miksing muhandisi John Hanes – miksing muhandisi

Chartlar Chart (2020)Eng yuqorioʻrin Rolling Stone Top 1009 (Eesti Tipp-40)29 (SNEP)56 (IFPI)44 (Tónlistinn)26 (AGATA)32 Hot Singles (RMNZ)3

Sertifikatsiya +„Scared to Live“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAvstraliya (ARIA)Oltin35,000Braziliya ((Pro-Música Brasil)Oltin20,000

Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)Har xil2020-yil 20-mart

Manbalar

Havolalar

Turkum:2020-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Kanada sinti-pop qoʻshiqlari