Xatmiyya () – Sayyid Muhammad Usmon al-Mirgʻoniy al-Xatim tomonidan asos solingan soʻfiy tariqati hisoblanadi.
Xatmiyya tariqati Sudan, Eritreya va Efiopiyadagi eng katta soʻfiy tariqatidir. Shuningdek, uning izdoshlari Misr, Chad, Saudiya Arabistoni, Somali, Uganda, Yaman va Hindistonda ham uchraydi.
As-Sayyid al-Xatim Hijozning At-Toif shahrida tavallud topgan va Tihomadagi Makkada dafn etilgan. U 25 yoshida, oʻz davrining Makkadagi taniqli islom olimlari (jumladan Sayyid Ahmad ibn Idris al-Fasiy) qoʻlida tahsil olgach, sayohatlarini boshlagan.
Manbalar
Turkum:Soʻfiy tariqatlari