Anass Zaroury (2000-yil 7-noyabrda tugʻilgan) – professional futbolchi, Ligue 1ning „RC Lens“ klubi himoyachisi. Belgiyada tugʻilgan boʻishiga qaramasdan Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Klublardagi faoliyati Charleroi 2021-yilning 1-fevralida Zaroury Belgiya Pro ligasining „Charleroi“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi va mavsum yakuniga qadar „Lommel“ jamoasida ijara asosida qoladigan boʻldi.
Burnley 2022-yilning 30-avgustida Zaroury EFL Championshipning „Burnley“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U yangi klubi safidagi ilk golini 2022-yilning 15-oktyabrida „Swansea City“ bilan kechgan uchrashuvda (4:0) kiritdi Zaroury scored the second and third goals as Burnley beat Bournemouth in the third round of the FA Cup in January 2023.. Zaroury navbatdagi ikki gollarni „Burnley“ning 2023-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan Angliya kubogining uchinchi bosqichi doirasidagi „Bournemouth“ jamoasiga qarshi uchrashuvida kiritdi. Shu yilning 11-avgustida futbolchi Angliya Premyer-ligasidagi „Manchester City“ klubiga qarshi bahsida oʻtkazdi va qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Hull City (ijara) 2024-yilning 1-fevralida Zaroury 2023-2024-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun ijara asosida „Hull City“ jamoasiga koʻchib oʻtgani maʼlum boʻldi. U klubdagi debyutini 3-fevral kuni „Millwall“ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi. Besh daqiqadan soʻng, uning oʻng oyodagi zarbasi darvoza toʻsiniga tegdi, qaytgan toʻpni esa jamoadoshi Jaden Philogene golga aylantirdi. 20-fevral kuni Zaroury „Hull City“ tarkibida oʻzining ilk golini kiritdi. Bu gol jamoaning „Sautgempton“ga qarshi bahsda 2:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi. 2024-yil 21-mayda „Burnley“ klubi futbolchining ijara muddati tugagach, jamoaga qaytishini eʼlon qildi. Lens 2024-yilning 22-avgustida Zaroury Ligue 1 klubi „Lens“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi .
Terma jamoadagi faoliyati Belgiyada tugʻilgan Zaroury asl kelib chiqishi boʻyicha marokashlik hisoblanadi. U dastlab Belgiya terma jamoasining turli yosh toifasidagi, jumladan U-17, U-18, U-21 jamoalarida toʻp surgan. 2022-yil 16-noyabrda Zaroury 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatida Marokash terma jamoasiga rasman taklif qilindi. U chempionat oldida jarohat olgan futbolchi Amine Haritning oʻrnini egalladi. 17-noyabr kuni futbolchi Gruziyaga qarshi oʻrtoqlik bahsida mamlakat jamoasi safidagi debyutini oʻtkazdi.
Statistikasi Klub
+KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga kubogiUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarLommel2019–2020Belgian First Division B5011—612020–2021Belgian First Division B25720—277Umumiy30731—338Charleroi2021–2022Belgian First Division A38510—3952022–2023Belgian Pro League52——52Umumiy43710—447Burnley2022–2023Championship347421239112023–2024Premyer-liga601020902024–2025Championship10000010Total41752324911Hull City (ijara)2023–2024Championship122——122Umumiy12623933213828
Terma jamoa
+Terma jamoaYilOʻyinlarGollarMarokash202220202320Umumiy40
Manbalar
Havolalar
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Lommel S.K. futbolchilari Turkum:Royal Charleroi S.C. futbolchilari Turkum:Burnley F.C. futbolchilari Turkum:Hull City A.F.C. futbolchilari Turkum:RC Lans klubi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Belgiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Marokashlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari