Avn ibn Abdulloh ibn Jaʼfar () – Avn al-Akbar nomi bilan tanilgan (680-yil 10-oktyabrda vafot etgan) – Makkadan Kufaga safarida Husayn ibn Aliga hamroh boʻlgan Zaynab binti Alining oʻgʻli. Ashuro kuni Karbalo jangida shahid boʻlgan.
Nasabi Avn ibn Abdulloh Husaynning singlisi Zaynab binti Ali va Muhammadning sahobalaridan Abdulloh ibn Jaʼfar ibn Abu Tolibning oʻgʻli boʻlgan. Avnning bobosi Jaʼfar at-Tayyor Muhammadning Habashistonga hijrat safardida musulmonlar boshligʻi etib tayinlangan. Abdullohning Avn ismli ikki oʻgʻli boʻlib, Avn al-Akbarning onasi Zaynab binti Ali, Avn al-Asgʻarning onasi esa Musayyib ibn Najbaning qizi Jamana boʻlgan.
Husayn ibn Aliga hamrohligi Abdulloh ibn Jaʼfar Husaynning Kufaga joʻnab ketganidan xabar topgach, uni Makkaga qaytishiga koʻndirish uchun xat yozgan va oʻgʻillari Avn hamda Muhammad bilan maktubni Husaynga yoʻllagan. Biroq Abdulloh imomning oʻz qarorida qatʼiy ekanini va Makkaga qaytmasligini bilgach, oʻgʻillari Avn va Muhammadga unga hamroh boʻlishni va Husayn bilan birga jang qilishni maslahat bergan.
Ashuro kuni Muhammad shahid boʻlgach, Avn jang maydoniga yoʻl olgan. Ibn Shahr Ashubning yozishicha, u Umar ibn Saʼd qoʻshinidan 3 otliq va 18 piyoda askarini oʻldirgan. Biroq uning oʻzi Ashuro kuni Abdulloh ibn Qutba tomonidan oʻldirilgan.
Manbalar
Turkum:Karbalo jangida vafot etganlar Turkum:Husayniya