Chadi Riad Dnanou (2003-yil, 17-iyun) – professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Crystal Palace klubining markaziy himoyachisi. Ispaniyada tugʻilgan va hozirda Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Karyerasi Barcelona Yoshlik yillari Riad Balear orollarining Palma shahrida marokashliklar oilasida tugʻilgan. Dastlab CD Atlético Rafal, RCD Mallorca, CD San Francisco kabi jamoalarning akademiyasida toʻp surgan futbolchi 2019-yil fevral oyida Barcelona klubi bilan uch mavsumlik shartnoma imzolagan.
2020-2021-yilgi mavsum: Sabadell (ijara) 2020-yilda Riad CE Sabadell jamoasi bilan bir mavsumlik ijara shartnoma imzoladi. U 2020-yilning 16-dekabrida Ispaniya kubogi doirasida CD Ibiza Islas Pitiusas klubiga qarshi safar uchrashuvida asosiy jamoa safida debyut qildi.
Riad Segunda Divisióndagi ilk uchrashuvini esa 2021-yil 11-yanvarda oʻtkazdi, CD Lugo bilan bahsning ikkinchi boʻlimidan Aleix Coch oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi.
2022-2023-yilgi mavsum 2022-yilning 5-iyulida Riad Barcelona bilan shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirdi va Primera Federacióndagi zaxira jamoasida toʻp suradigan boʻldi. Futbolchi 27-avgust kuni mavsumning ochilish oʻyinida jamoasining gʻalaba golini kiritdi. CD Castellón bilan bahsdagi soʻnggi golni kiritib jamoasining 3:2 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi.
Riad Barcelonaning asosiy jamoasi va La Ligadagi debyutini 2022-yilning 8-noyabrida oʻtkazdi, CA Osasuna klubiga qarshi bahsda oʻyindagi gol mualliflaridan biri Pedrining oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi. U mavsumni toʻlaqonli ravishda Rafael Márquez boshchiligidagi B jamoaning asosiy tarkibida oʻtkazdi.
2023-2024-yilgi mavsum: Real Betis (ijara) 2023-yilning 26-iyulida Riad Real Betis jamoasiga 3 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi.
Crystal Palace 2024-yil 14-iyun kuni Premyer-liganing Crystal Palace klubi 14 million funt sterling evaziga Riad bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Statistikasi klub
+KlubMavsumLigaMahallik kuboklarYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSabadell2020–2021Segunda División1010——20Barcelona Atlètic2022–2023Primera Federación352——21373Barcelona2022–2023La Liga1020000010Real Betis (ijara)2023–2024La Liga2602020—300Crystal Palace2024–2025Premier League000000—00Umumiy632402021713
Terma jamoa
+Terma jamoaYilOʻyinlarGollarMarokash202431Umumiy31
Manbalar
Havolalar Profile at the Crystal Palace F. C. website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari