Matbua Amirsaidovna Ahmedova (14-yanvar 1933-yil; Toshkent) — faylasuf olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), falsafa fanlari doktori (1977), professor (1978). Moskva davlat universiteti falsafa fakultetini tugatgan (1955). Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlarida falsafa, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar tarixidan dars bergan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1985). Oʻzbekiston Madaniyat vaziri (1985–1987). Toshkent sharqshunoslik institutida kafedra mudiri (1994-yildan). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston va umuman Oʻrta Osiyoning XX asrdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini falsafiy baholashga bagʻishlangan. As: Osnovi filosofii (soavt.), T., 1998.

Asarlari: Falsafa, 2006-yil nashr

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:14-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston faylasuf ayollari Turkum:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti oʻqituvchilari