Ahmetov Sirojiddin (1928-yil 9-dekabr, Chimboy tumani — 1996-yil Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston (1975) va Qoraqalpogʻiston (1973)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori (1966), professor (1970). Nukus davlat pedagogika institutini tugatgan (1947). Shu institutida oʻqituvchi, kafedra mudiri, dekan (1948—1950, 1954-1976), Qoraqalpogʻiston davlat universitetida dekan (1976—1981), kafedra mudiri (1981-yildan). Ilmiy ishlari qoraqalpoq adabiyotining taraqqiyot bosqichlari, turli janrlari va ularning rivoji kabi mavzularga bagʻishlangan. „Adabiyot va tanqid“ (1978), „Qoraqalpoq adabiy tanqidi va adabiyotshunosligi tarixidan“ (1980) va boshqa asarlar, shuningdek darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:Chimboy tumanida tugʻilganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:Nukusda vafot etganlar Turkum:9-dekabrda tugʻilganlar