1Team (Koreyscha=원팀, talaffuzi: „One Team“) — 2019-yilda Live Works Company tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning oʻgʻil bolalar musiqa guruhi.

Guruh nomi „Oʻziga xos shaxslar birlashib, yangicha jamoaga aylanishi“ maʼnosini anglatadi.

Guruh 5 nafar aʼzodan iborat boʻlgan. Ular 2019-yil 27-martda Hello! mini-albomi va „Vibe“ qoʻshigʻi bilan debyut qilgan.

Rubin va BC guruh aʼzolari bundan avval Boys24 va Mix Nine shoularida ishtirok etgan.

2021-yil 10-martda guruh 14-martdagi soʻnggi jamoaviy faoliyatidan soʻng tarqalishi va aʼzolarning shartnomalari bekor qilinishi rasman tasdiqlandi.

Faoliyati Debyutdan oldingi faoliyati Guruh debyutidan avval vaqtincha team LWZ deb nomlangan.

Aʼzolari Rubin — guruh rahbari, vokalist BC — repper Jinwoo — vokalist Jehyun — vokalist Junghoon — repper

Manbalar