1the9 (Koreyscha: 원더나인), 1THE9 tarzida stilizatsiya qilinadi, talaffuzi „Wonder Nine“) — 2018-yilda Under Nineteen omon qolish musobaqasi orqali tuzilgan Janubiy Koreyaning oʻgʻil bolalar guruhi. Guruh 9 nafar aʼzodan iborat boʻlgan: Yoo Yong-ha, Kim Tae-woo, Lee Seung-hwan, Shin Ye-chan, Kim Jun-seo, Jeon Do-yum, Jung Jin-sung, Jeong Taek-hyeon va Park Sung-won. Guruhda debyut qiladigan aʼzolar 2019-yil 9-fevralda eʼlon qilingan va dastlab PocketDol Studio ostida 12 oy davomida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan edi. COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq kechikishlardan soʻng, guruh 2020-yil avgust oyida tarqalgan.
Manbalar