Leptidea sinapis — Oq kapalaklar oilasiga mansub kapalak turi. Asosan Angliya, Irlandiya va Shimoliy Yevropa tomonlarda koʻp uchraydi. Uning oq qanotlarida markazga yoki uchiga yaqin joyda kulrang yoki sariq belgilar bor. U oʻzi yashaydigan butazorlar ustida sekinlik bilan, pastlab parvoz qiladi. Erkaklari urgʻochilarni turtib chaqirishadi va umri davomida bir necha marotaba juftlashishi mumkin, urgʻochilar esa odatda faqat bir marta juftlashishadi.

Oʻrmon oq kapalagi 2005-yilda Buyuk Britaniyaning BAP roʻyxatiga kiritildi, chunki ushbu turning soni, ayniqsa Angliyada, sezilarli darajada kamayib ketdi. Bu kamayish oʻrmon hududlaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq deb hisoblanadi — jumladan, daraxt ekish tufayli soyaning koʻpayishi va oʻrmon yoʻlkalarining kapalaklar tuxum qoʻyishi uchun yaroqli holatda saqlanmaganligi. Hozirda tabiatni muhofaza qilish boʻyicha ishlar oʻrmon hududlarini qanday saqlash kerakligini oʻrganishga qaratilgan, shuningdek iqlim oʻzgarishining (ayniqsa qish oylarida) tuxumlarning omon qolishiga taʼsirini oʻrganishga harakat qilinmoqda.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Jim Asher et al. The Millennium Atlas of Butterflies of Britain and Ireland Oxford university press David Tomlinson & Rob Still Britainʼs Butterflies Wild Guides wood white page from the Butterfly Conservation site wood white page from the UK Butterflies site Leptidea in the Netherlands Butterfly Conservation Ireland Summary of the sinapis cryptic species complex Butterfly Conservation Armenia

Turkum:Yevropa kapalaklari Turkum:Osiyo kapalaklari Turkum:1758-yilda tasniflangan kapalaklar