Pieris rapae — Oq kapalaklar oilasiga mansub kichik yoki oʻrtacha kattalikdagi kapalak turi. Bu tur Yevropada kichik oq kapalak, Shimoliy Amerika va Buyuk Britaniyada karam oqi yoki karam kapalagiYevropada „cabbage white“ va „cabbage butterfly“ atamalari boshqa turga — Pieris brassicaega nisbatan ishlatiladi, u „katta oq kapalak“ deb ham ataladi., bir qancha qitʼalarda kichik karam oqi, Yangi Zelandiyada esa oq kapalak deb ataladi. Bu kapalakni oq rangi va qanotlaridagi mayda qora dogʻlari orqali osongina tanib olish mumkin. Ushbu turni P. brassicae kapalagidan farqlash mumkin, chunki pieris rapae biroz kattaroq boʻlib, old qanotlarining uchida qora chiziqlari bor.
Ushbu turning qurtchasi „import qilingan karam qurti“ deb ataladi. U karam, kelam, xitoy karami va brokkoli kabi sabzavotlarga zarar yetkazadi. Pieris rapae Yevropa va Osiyoda koʻp uchraydi. Olimlar bu kapalak dastlab Yevropaning Sharqiy Oʻrta yer dengizi hududida paydo boʻlgan deb hisoblashadi. Keyinchalik u odamlar savdo qilib yurgan yoʻllar orqali butun Yevrosiyo boʻylab tarqalib ketgan. Soʻnggi ikki yuz yil ichida bu kapalak boshqa qitʼalarga ham tasodifan olib kelingan: Shimoliy Afrikaga — 1800-yillar atrofida, Shimoliy Amerikaga — 1860-yillarda, Gavayi orollariga — 1897-yilda, Yangi Zelandiyaga — 1930-yilda, Avstraliyaga esa — 1937-yilda.
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar Asher, Jim et al.: The Millennium Atlas of Britain and Ireland. Oxford University Press.
Havolalar
Pieris project A worldwide citizen science project undertaking research on Pieris rapae Pieris rapae on the UF / IFAS Featured Creatures website Cabbage white, Butterflies of Canada
Turkum:1758-yilda tasniflangan kapalaklar Turkum:Osiyo kapalaklari Turkum:Yevropa kapalaklari Turkum:Afrika kapalaklari Turkum:Shimoliy Amerika kapalaklari Turkum:Yaponiya kapalaklari Turkum:Hindixitoy kapalaklari