Buyuk Ipak yoʻlining Zarafshon-Qoraqum yoʻlagi — UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxati roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, u qadimgi Buyuk Ipak yoʻlining Zarafshon-Qoraqum qismini va yoʻl boʻylab joylashgan tarixiy joylarni qamrab oladi. 2023-yil 17-sentyabrda UNESCO Markaziy Osiyodagi Ipak yoʻli tarmogʻining 886 km qismini Jahon merosi roʻyxatiga kiritdi. Yoʻlak Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonni qamrab oladi va 31 ta joyni oʻz ichiga oladi.

Joylashuvi Yoʻlak Markaziy Osiyoda joylashgan. U yetti geografik zonani kesib oʻtadi: togʻli hudud, togʻoldi hudud, tekisliklar hududi, sugʻorma dehqonchilik hududi, vohalar hududi, shuvoq-dasht hududi va choʻl hududi.

Obyektlari

Butunjahon merosi obyektlari uchta davlatda joylashgan :

Tojikiston Xisorak aholi punkti Mugʻ qal’asi Qum aholi punkti Gardani Xisor aholi punkti Tali Xamtuda qal’asi Muhammad Bashoro maqbarasi Toksankoriz sugʻorish tizimi Sanjarshox aholi punkti Qadimiy Panjakent shahri

Oʻzbekiston Jartepa II ibodatxonasi Sulaymontepa Kofirqal’a Dabusiya Qosim Shayx majmuasi Mir Said Bahrom maqbarasi Raboti Malik Raboti Malik sardobasi Deggaron masjidi Chashmai Ayyub xazirasi Vardonze Vobkent minorasi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi Chor Bakr meʼmoriy majmuasi Varaxsha Poykend

Turkmaniston Amul Mansaf karvonsaroyi (a) Mansaf karvonsaroyi (b) Koʻhnaqal’a karvonsaroyi Tahmalaj Aqjaqal’a karvonsaroyi Qizilqal’a karvonsaroyi (Rabod al-Hadid) (a) Qizilqal’a karvonsaroyi (Rabod al-Hadid) (b) Kushmeihan (Dinli Kishman)

Manbalar