El Hoji Malik Diuf (2004-yil 28-dekabrda tugʻilgan) — senegallik professional futbolchi. U Championshipning „West Ham United“ klubi hamda Senegal milliy terma jamoasi safida chap qanot himoyachisi va chap qanot vingeri pozitsiyalarida toʻp suradi.
Klublardagi karyerasi Tromsø Dakarda tugʻilgan Diuf futbolchilik faoliyatini 13 yoshida Galaxy Football Academy akademiyasida boshlagan. Toʻrt yil davomida ushbu akademiyada tahsil olgach, Académie Mawade Wade safiga qoʻshilgan. 2023-yil 21-fevralda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgach, Norvegiyaning „Tromsø“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsumni kam oʻyin amaliyoti bilan boshlagan Diuf mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab asosiy tarkibdan muntazam joy olgan. Natijada u klub safida barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Slavia Prague 2024-yil yanvar oyida Diuf Chexiya Birinchi ligasi vakili „Slavia Prague“ klubi bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolagan. Uning klub safidagi ilk goli debyut uchrashuvida „Karviná“ darvozasiga kiritilgan. 2024–25-yilgi mavsumda Diuf chap qanot vingeri sifatida harakat qilib, „Slavia Prague“ning Chexiya Birinchi ligasi chempionligini qoʻlga kiritishiga hissa qoʻshgan. U mavsumning dastlabki sakkiz uchrashuvida 5 ta gol urgan. Liga doirasidagi 24 ta oʻyinda esa 7 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
West Ham United 2025-yil 15-iyulda Diuf Angliya Premyer-ligasi vakili „West Ham United“ klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Transfer summasi 19 million funt sterlingni tashkil etgan. 2025-yil 16-avgustda u klub safidagi rasmiy debyutini „Sunderland“ga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Stadium of Light stadionida boʻlib oʻtgan bahsda West Ham United 0:3 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
Statistikasi Klub . + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolTromsø2023Eliteserien15261——213Slavia Prague2023–24Chexiya Birinchi ligasi7111—10922024–25Chexiya Birinchi ligasi27720—120417Jami34831—130509West Ham United2025–26Premyer-liga3201010—3402026–27Chempionship10—10—20Jami3301020—360Brentford2026–27Premyer-liga000000—00Umumiy faoliyatida82101022013010712
Xalqaro . + Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinGolSenegal2024402025912026100Jami231
Senegalning natijasi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisob ustuni Dioufning har bir golidan keyingi holatni bildiradi.
+ El Hadji Malick Diouf tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxatiT/rSanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijaMusobaqa12025-yil 18-noyabrAntalya stadioni, Antaliya, Turkiya122–08–0Oʻrtoqlik uchrashuvi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Senegallik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:SK Slavia Prague futbolchilari Turkum:Tromsø IL futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Eliteserien futbolchilari Turkum:Chexiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Bohemian futbol ligasi futbolchilari Turkum:Senegallik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Norvegiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chexiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Senegal milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari