Bolakay, koʻrsichqon, tulki va tulpor () — britaniyalik yozuvchi va illyustrator Charlie Mackesy tomonidan yozilgan hamda rasmlar bilan bezatilgan kitob. 2019-yilda nashr etilgan ushbu asarda toʻrtta bosh qahramon oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarining rivojlanib borishi hikoya qilinadi. Kitob syujeti muallifning 2025-yilda chiqarilgan „Always Remember: The Boy, the Mole, the Fox, the Horse and the Storm“ nomli asarida davom ettirilgan.

Qabul qilinishi Bolakay, koʻrsichqon, tulki va tulpor asari butun dunyo boʻylab bestsellerga aylangan. Uni taniqli yozuvchi James Lovegrove Financial Times gazetasida tahlil qilib, 2019-yilning eng sara rasmli kitoblari roʻyxatiga kiritgan.

Kitob 2020-yilda Britaniya kitob mukofoti uchun „Yilning eng yaxshi falsafiy-turmush tarzi kitobi“ yoʻnalishida nominant boʻlgan. Kitob sotuvi bilan shugʻullanuvchi Barnes & Noble va Waterstones doʻkonlar tarmoqlari ushbu asarni 2019-yilning eng yaxshi kitobi deb topgan.

Ommaviy madaniyatda 2022-yilda BBC Mackesyning hayoti, ushbu kitobining yozilishi va animatsion filmga moslashtirilishi haqida „Charlie Mackesy: The Boy, the Mole, the Fox, the Horse and Me“ nomli hujjatli film tayyorlagan. Unda Mackesyning bolalikdagi doʻsti Bear Grylls ham ishtirok etgan.

Davomi 2025-yilning oktyabr oyida „Always Remember: The Boy, the Mole, the Fox, the Horse and the Storm“ nomi ostida kitobning ikkinchi qismi ham nashr etilgan. Ushbu asar birinchi kitobning toʻrt bosh qahramonlari haqidagi hikoyani yangi sahifalar bilan boyitgan. Kitob tanqidchilar tomonidan yuksak baholangan hamda qisqa vaqt ichida bir qator mamlakatlarda bestseller maqomiga erishganhttps://www.thebookseller.com/bestsellers/a-christmas-to-remember-charlie-mackesy-is-2025s-xmas-number-one#:~:text=Dec%2023%2C%202025by%20Alex,his%20first%20Christmas%20number%20one.https://www.independent.ie/business/always-remember-is-crowned-christmas-number-1-bestseller/a2086690463.html#:~:text='Always%20Remember'%20is%20crowned%20Christmas,on%20to%20break%20publishing%20records.https://www.bertelsmann.com/news-and-media/news/prh-and-charlie-mackesy-celebrate-global-bestseller-success.jsp.

Manbalar

Havolalar Library holdings of The Boy, the Mole, the Fox and the Horse

Turkum:Masallar Turkum:Rasmli kitoblar Turkum:2019-yil kitoblari Turkum:2019-yil bolalar kitoblari Turkum:Britaniya rasmli kitoblari Turkum:Tulkilar haqidagi bolalar kitoblari Turkum:Otlar haqidagi bolalar kitoblari