Robin Bengtsson (1990-yil 27-aprelda tugʻilgan) — shved qoʻshiqchisi. Robin 2008-yilda Shvetsiyaning Idol 2008 isteʼdodlar tanlovida ishtirok etgan. Bengtsson Shvetsiya nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2017da „I Can't Go On“ qoʻshigʻi bilan qatnashib, yakunda beshinchi oʻrinni egallagan.
Faoliyati
Bengtsson Svenljunga shahrida tugʻilgan.
2008–2016: Dastlabki faoliyati
Bengtsson Idol 2008 tanlovida gʻolib Kevin Borg va ikkinchi oʻrin sohibasi Alice Svenssondan keyin uchinchi oʻrinni egallagan.
2009-yil oʻrtalarida Bengtsson Merion Music ovoz yozish kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan va „Another Lover’s Gone“ nomli qoʻshigʻini chiqargan. Shuningdek, u Katrin Zytomierska olib borgan Idol 2008: Eftersnack hamda ZTV telekanalining Sexuellt dasturlarida mehmon sifatida qatnashgan.
2010-yilda u Karl Martindahl va Daniel „The Moniker“ Karlsson bilan birgalikda Hjälp Haiti xayriya loyihasi uchun yaratilgan „Wake Up World“ qoʻshigʻini birga kuylashgan. Shuningdek, Kim Fransson bilan birga „Long Long Night“ qoʻshigʻini ijro etgan.
Shu yili Bengtsson Skandinaviya versiyasidagi Wipeout telemusobaqasida ham qatnashib, final bosqichiga qadar yetib borgan va ikkinchi oʻrinni egallagan.
2016-yilda Bengtsson Melodifestivalen tanlovida „Constellation Prize“ qoʻshigʻi bilan qatnashib, beshinchi oʻrinni egallagan.
Eurovision 2017 Bengtsson Melodifestivalen 2017 tanloviga „I Can't Go On“ qoʻshigʻi bilan qaytib kelgan va musobaqada gʻolib boʻlgan. Natijada u Shvetsiya nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2017da Kyiv shahrida ishtirok etgan.
Bengtsson 2017-yil 9-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi yarim finalda chiqish qilgan va final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Finalda esa beshinchi oʻrinni egallagan.
Manbalar
Havolalar
Robin Bengtsson Twitter Robin Bengtsson page on LastFM