Xalqaro imo-ishora tili — bu turli xil vaziyatlarda, ayniqsa, Butunjahon karlar federatsiyasi kongresslari kabi uchrashuvlarda, ayrim Yevropa Ittifoqi muassasalarida, BMTning baʼzi konferensiyalarida, shuningdek, qator akademik anjumanlarda xalqaro yordamchi til sifatida qoʻllaniladigan aralash imo-ishora tiliSupalla, T. and Webb, R. (1995). „The grammar of international sign: A new look at pidgin languages.“ In: Emmorey, Karen / Reilly, Judy S. (eds): Language, gesture, and space. (International Conference on Theoretical Issues in Sign Language Research) Hillsdale, N. J. : Erlbaum (p. 347).. Bundan tashqari, u Deflimpiya oʻyinlari, „Miss & Mister Deaf World“, „Eurovision“ kabi tadbirlarda, shuningdek, sayohat va norasmiy muloqot jarayonlarida ham ishlatiladi.

Tilshunoslar „Xalqaro imo-ishora tili“ atamasi aynan nimani anglatishi borasida hali bir toʻxtamga kelmaganlar va uning tajribaga asoslangan lugʻatlari ham yetarli emas.

Tarixi Gʻarb va Yaqin Sharq dunyosidagi eshitish qobiliyati cheklangan insonlar 2000 yildan buyon imo-ishora tili orqali oʻzaro muloqot qilishdan foydalanib, toʻplanib kelishganWoll, Bencie and Ladd, Paddy (2003). Deaf communities. In M. Marschark and P. Spencer (eds.), The Handbook of Deaf Studies, Language and Education (pp. 151-163). Oxford: Oxford University Press.. Turli xil imo-ishora tili bilimiga ega boʻlgan karlar oʻzaro uchrashganda, xoh u norasmiy shaxsiy vaziyat boʻlsin, xoh rasmiy xalqaro darajadagi tadbir boʻlsin, ushbu muloqot natijasida turli xil imo-ishora tillari yuzaga kelgan. Shu sababli, karlar XIX asr boshlaridan buyon sport yoki madaniy tadbirlarda xalqaro muloqot uchun oʻziga xos yordamchi imo-ishora tizimidan foydalanib kelishadiMcKee R., Napier J. (2002), citing:

Moody, B. (n.d.). International communication among deaf people. Unpublished, undated manuscript.

Scott Gibson, L. & R. Ojala (1994). „International Sign Interpreting.“ Paper presented to the Fourth East and South African Sign Language Seminar, Uganda, August 1994.. Xalqaro imo-ishora tizimini standartlashtirish zaruriyati 1951-yilda, Butunjahon karlar federatsiyasi tashkil etilgan birinchi Butunjahon karlar kongressida muhokama qilingan. Keyingi yillarda, turli tillarda soʻzlashuvchi delegatlar oʻzaro muloqot qilishlari natijasida aralash til shakllandi va 1973-yilda Butunjahon karlar federatsiyasi qoʻmitasi („Imo-ishoralarni birlashtirish komissiyasi“) standartlashtirilgan lugʻatni nashr etdi. Ular tilni oʻrganish oson boʻlishi uchun „turli mamlakatlardagi kar insonlar tomonidan keng qoʻllaniladigan, tabiiy ravishda yuzaga kelgan va tushunishga oson imo-ishoralarni“ tanlab oldilar.

Komissiya tomonidan 1975-yilda nashr etilgan „Gestuno: International Sign Language of the Deaf“ kitobi 1470 ta imo-ishoradan iborat lugʻat roʻyxatini oʻz ichiga oladi. Gestuno nomi „imo-ishora“ va „birlik“ soʻzlariga ishora qilgan holda tanlangan.

Tavsifi Xalqaro imo-ishora tili umumiy imo-ishora tiliga ega boʻlmagan ikki suhbatdosh oʻrtasidagi oʻta oʻzgaruvchan muloqot turi sifatida taʼriflanadi. Aksariyat mutaxassislar texnik jihatdan xalqaro imo-ishora tilini toʻlaqonli til deb hisoblamaydilar, aksincha, uni bevosita muloqot jarayonida yuzaga keladigan aloqa shakli deb biladilar. U koʻproq ikonik (tasviriy) yoki pantomimik tuzilmalarga tayanishi bilan ajralib turadi; shuningdek, xalqaro imo-ishora tilida soʻzlashuvchilar yaqin atrofdagi narsalarga ishora qilishlari ham mumkin. Butunjahon karlar federatsiyasi va Yevropa karlar ittifoqi kabi tadbirlarda maʼlum darajada standartlashtirish amalga oshirilsa-da, bu faqat lugʻat boyligi bilan cheklanadi va grammatikani qamrab olmaydi.

Xalqaro imo-ishora tilining aynan nima ekani borasida yagona toʻxtam mavjud emas. Bu atama yo umumiy tilga ega boʻlmagan notanish kishilarning oʻzaro muloqot qilish usulini, yoki doimiy aloqada boʻlgan bir guruh odamlar tomonidan qoʻllaniladigan anʼanaviy shaklni anglatishi mumkin. „Xalqaro imo-ishora tili“ atamasining qoʻllanilishi uni standartlashtirilgan muloqot shakli degan notoʻgʻri tushunchaga ham olib kelishi mumkin.

Eshitish qobiliyati cheklangan insonlar odatda faqat bitta imo-ishora tilini biladilar. Turli mamlakatlardan kelgan soʻzlashuvchilar oʻzaro xalqaro imo-ishora tilidan oʻz-oʻzidan foydalanishlari mumkin va bu muloqot koʻpincha muvaffaqiyatli kechadi. Bunday muvaffaqiyat bir necha omillar bilan bogʻliq. Birinchidan, xalqaro imo-ishora tilida muloqot qiluvchilar maʼlum darajada umumiy kontekstual bilimga ega boʻladilar. Ikkinchidan, soʻzlashuvchilar ingliz tili kabi ogʻzaki tillar haqidagi umumiy tushunchalardan foydalanishlari mumkin. Uchinchidan, ikonik belgilar va pantomimadan foydalanish muloqotni ancha osonlashtiradi.

Manbalar

Turkum:Imo-ishora tillari