Djek Pesch koʻprigi — Brisben daryosini kesib oʻtuvchi piyoda va velosiped koʻprigi. Koʻprik 1930-yillardagi velosiped chempioni Djek Pesch (taxm. 1917—2002) sharafiga nomlangan. U keyinchalik 1990-yillar oʻrtasigacha Petrie Terrace, Brisbenda velosiped doʻkoni yuritgan, oʻzining „Rocket“ velosipedlari va ehtiyot qismlarini sotgan va taʼmirlagan.

Koʻprik daryoning Indooroopilly Reach qismini kesib oʻtib, Chelmer va Indooroopillyni bogʻlaydi. U Albert va Valter Teylor koʻpriklariga bevosita yaqin joylashgan.

Koʻprik 1998-yil 2-oktyabrda Kvinsland transport vaziri Steve Bredhauer va Brisben lord-meri Jim Soorley tomonidan ochilgan.

Koʻprik faqat piyodalar va velosipedchilar uchun moʻljallangan. Manbalar

Turkum:Avstraliya koʻpriklari Turkum:Koʻpriklar