Hatice Ayseli Göksoy (, 21-sentabr 1935 — 26-noyabr 2022), turk rassomi, ayollar huquqlari himoyachisi va siyosatchi edi. U parlamentda bir muddat deputatlik qilgan.

Ayollar huquqlari himoyachisi Göksoy bir qator ayollar tashkilotlarida faol edi. 1964-yilda u Turkiya Ayollar Ittifoqi markaziy kengashiga saylandi. 1983-yilda u ushbu tashkilot raisi boʻldi. U ayollar huquqlariga katta ahamiyat berdi. U 8-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni va 5-dekabr (1934) kuni Turkiya ayollarining saylanish huquqi kuni bayramlarini tashkil etdi. U Milliy ta’lim vazirligi tomonidan aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablar tashkil etilishiga bosh-qosh boʻldi.

Siyosiy faoliyati Göksoy To‘g‘ri Yo‘l partiyasiga (, DYP) qoʻshildi. U 1995-yilgi umumiy saylovda Manisa viloyati deputatligiga nomzodini qoʻydi. U 20-chaqiriq parlamentda xizmat qilish uchun Turkiya Buyuk Millat Majlisiga kirdi.

1997-yilda u DYPdan isteʼfo berdi va Demokratik Turkiya partiyasiga hamasoschilik qildi. U partiya raisining oʻrinbosari etib saylandi.

Shaxsiy hayoti Hatice Ayseli Göksoy 21-sentabr 1935-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida Ali Rizo Erman va Emine Erman oilasida tugʻilgan. Uning bir singlisi Nihal va ikki akasi Nihat hamda Atilla boʻlgan.

U Nişantaşı 52-maktabida boshlangʻich taʼlim olgan. Nişantaşı qizlar oʻrta maktabida oʻrta va oliy maktab taʼlimini tugallagach, Zubeyde Xonim Qizlar texnik maktabida oʻqidi. Soʻngra u rassomlik boʻyicha xususiy darslar oldi. Oʻz asarlarini bir necha bor namoyish qilgan.

Hatice Ayseli Göksoy Abdulkadir Durmush Göksoyga turmushga chiqdi va ikki qiz farzand koʻrdi: Banu Nerime (Köksal) va Bengu Chigʻdem (Baydar).

Hatice Ayseli Göksoy 2022-yil 26-noyabrda Istanbulda vafot etdi. U Teshvikiye masjididagi diniy marosimdan soʻng Feriköy qabristoniga dafn etildi.

Manbalar

Turkum:Turkiyalik feministlar Turkum:Ayollar huquqlari Turkum:Turkiyalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar