Sultonozoda Alibey (; 1921-yil 29-sentyabr — 1971-yil 2-dekabr), Ali Akoğlu nomi bilan ham tanilgan turk harbiy uchuvchisi. Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I ning nevarasi Naciye Sulton va Anvar poshoning oʻgʻli.

Yoshligi Sultonozoda Alibey 1921-yil 29-sentyabrda Germaniyaning Berlin shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ismoil Anvar posho boʻlib, u Ahmadbey va Oysha Diloro xonimning oʻgʻli boʻlgan. Onasi Naciye Sulton esa sulton Abdulmajid I ning oʻgʻli Shahzoda Salim Sulaymon va Oysha Tarziter xonimning qizi edi. Uning Mohpaykar Xonimsulton va Türkan Xonimsulton ismli ikki opasi boʻlgan. Shuningdek, onasi Naciyening Mehmed Komilbey (birinchi turmush oʻrtogʻining ukasi) bilan ikkinchi nikohidan tugʻilgan Rana Xonimsulton ismli singlisi ham bor edi. Alibey tugʻilgan paytda uning oilasi Germaniyada yashar edi. Keyinchalik otasi Rossiya SFSRiga joʻnab ketdi, oilasi esa Germaniyada qolib ketdi. Alibey otasi ketganidan keyin dunyoga kelgan va u bilan hech qachon uchrashmagan, chunki Anvar posho oradan koʻp oʻtmay Rossiyada vafot etgan. Anvar posho 1922-yilda vafot etgach, oila Istanbulga qaytdi. 1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi surgun qilingan paytda Ali va uning oilasi Fransiyaning Parij shahriga joylashdi, keyinroq esa Nice shahriga koʻchib oʻtdi.

Taʼlimi va faoliyati Surgun davrida Alibey va uning opa-singillariga amakisi hamda oʻgay otasi Komil posho taʼlim bergan. Komil posho har yakshanba kuni Alibey va uning opa-singillari, shuningdek, Neslişah Sulton, Honzoda Sulton va Necla Sultonga eski turk alifbosini oʻrgatar edi. 1939-yilda maxsus qonun qabul qilinib, Alibey va uning opa-singillariga Turkiyaga qaytishga ruxsat berildi. Qonun 1939-yil 25-maydan kuchga kirdi, shundan soʻng Ali va uning opa-singillari Istanbulga qaytdi Ikkinchi Jahon urushi davrida opa-singillar onasining huzuriga Shveysariyaga ketdi, biroq Ali oʻqishini davom ettirish uchun Istanbulda qolishni tanladi.

Ali Galatasaroy litseyiga oʻqishga kirib, u yerda 1 yil tahsil oldi. Kollejdagi taʼlimidan soʻng 1939-yilda otasining izidan borib harbiy akademiyaga kirdi va Ikkinchi Jahon urushi tufayli 1941-yil qishda akademiyani tamomladi. Ali, shuningdek, Turk aeronavtika assotsiatsiyasida ham oʻqib, u yerda parashyutdan sakrash bilan shugʻullandi. 1942-yilda Ali bakalavr taʼlimini yakunlash uchun Angliyaga bordi va u yerda aviatsiya boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtdi. 1944-yilda esa Turkiyaga qaytdi. Ali 1956-yilgacha Turkiya havo kuchlarida xizmat qildi. U ingliz, fransuz, nemis va italyan tillarida gaplasha olgan. Shuningdek, u Angliyaning London shahrida oʻt oʻchirish xizmatida yordamchi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shaxsiy hayoti va vafoti Alibey 1948-yilda mashhur jurnalist va siyosatchi Abidin Daverning qizi Parizod Abidin bilan turmush qurdi. 1955-yil 15-sentyabrda Italiyaning Neapol shahrida ularning yagona farzandi, qizi Orzu Anvar tugʻildi (u Arslon Sadikoglu ismli kishi bilan turmush qurgan va Burak ismli oʻgʻil koʻrgan). 1964-yilda er-xotin ajrashdi. Shundan soʻng Alibey May Britt ismli chet ellik ayolga uylanib, Avstraliyaga yashash uchun joʻnab ketdi.

Sultonzoda Alibey 1971-yil 2-dekabrda Avstraliyada togʻdagi baxtsiz hodisa oqibatida 50 yoshida vafot etdi.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:1971-yilda vafot etganlar