Aneta Kučmová (qizlik familiyasi Kladivová; 2000-yil 22-mayda tugʻilgan) — chexiyalik tennischi. Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 296-oʻringa, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa 146-oʻringa koʻtarilgan.

Kučmová sovrin jamgʻarmasi $60 ming boʻlgan 2022-yilgi Macha Lake ochiq turnirining juftlik bahslarida hamyurti Karolína Kubáňová bilan birga chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Sport faoliyati Aneta Kučmová ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasidagi ilk unvonini Brnoda boʻlib oʻtgan sovrin jamgʻarmasi $15 minglik turnirning juftlik bahslarida qoʻlga kiritgan. Sportchi ushbu musobaqada vatandoshi Aneta Laboutková bilan birga juftlik hosil qilgan. Oradan olti yil oʻtib, 2022-yil may oyida u Krškoda boʻlib oʻtgan sovrin jamgʻarmasi $15 minglik musobaqada oʻzining yakkalik yoʻnalishidagi ilk unvonini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Ushbu musobaqada sportchi, shuningdek, juftlik bahslari chempionligiga ham sazovor boʻlgan edi. Ikki hafta oʻtib, Kučmová Banya-lukada oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi $15 minglik turnirda yakkalik yoʻnalishi boʻyicha oʻzining ikkinchi unvonini qoʻlga kiritdi. Keyingi hafta esa u Macha Lake ochiq turnirining juftlik bahslarida hamyurti Karolína Kubáňová bilan birga gʻolib boʻldi va ilk bor sovrin jamgʻarmasi $60 minglik musobaqani chempionligiga sazovor boʻldi. Ushbu juftlik yana bir sovrin jamgʻarmasi $60 minglik turnir gʻolibligini 2023-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan Říčany ochiq turnirida qoʻlga kiritdi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar