Ivana Šebestová (2001-yil 3-martda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. 2023-yil 21-avgustda yakkalik yoʻnalishi boʻyicha jahon reytingida 500-oʻringa, juftlik yoʻnalishi boʻyicha 2025-yil 16-iyunda 248-oʻringa koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.
Yoshligi Šebestová 2001-yil 3-martda Chexiyaning Plzeň shahrida tugʻilgan. U Ostrava shahridagi TK Arbrex klubi safida oʻynaydi. Shuningdek, Polsha SuperLIGA musobaqasida Kalizs shahrining Osavi Tennis jamoasi safida ham oʻynagan.
Yoshlar musobaqalaridagi faoliyati Šebestová 2015-yilgi ITF yoshlar oʻrtasida jahon tennis uchrashuvlarida Chexiya davlati nomidan ishtirok etgan. 2017-yilda u Krakov shahrida oʻtkazilgan Grade 5 Charlie Berszakiewicz xotira turniri yakkalik bahslarida yarim finalga, juftlik bahslarida esa finalga chiqishga muvaffaq boʻlgan.
Professional faoliyati 2022-yil avgust oyida Šebestová va Karolína Kubáňová W15 Kottingbrunn ochiq turnirida juftlik bahslari gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Ular final bahsida Linda Ševčíková va Karolína Vlčková juftligini magʻlub etdi. Oʻsha yilning oʻzida Šebestová Iraklion shahrida boʻlib oʻtgan W15 turnirida professional faoliyatidagi yakkalik yoʻnalishi boʻyicha ilk unvonini qoʻlga kiritdi. Sportchi musobaqaning final uchrashuvida Elena Korokozidini magʻlubiyatga uchratdi. 2023-yil iyul oyida Šebestová va Elena Pridankina Aschaffenburg shahrida oʻtkazilgan W25 Schönbusch ochiq turnirida juftlik bahslari chempionligiga sazovor boʻldi. Šebestová turnirning yakkalik bahslarida ham chorak finalga chiqishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, u ITS kubogi turnirining asosiy toʻr bahslarida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtib, ikkinchi bosqichga qadar yetib bordi.
2024-yil may oyida Šebestová va Linda Ševčíková W15 Kranyska Gora ochiq turnirida juftlik bahslari boʻyicha unvonni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yilda u Krakov va Bielsko-Biała shaharlarida oʻtkazilgan W15 turnirlarida ketma-ket yakkalik yoʻnalishi boʻyicha yarim finalga chiqishga erishdi. 2025-yil fevral oyida u va Cody Wong Leszno shahrida oʻtkazilgan W75 turnirida juftlik unvonini qoʻlga kiritdi. Ular final bahsida 1-raqam ostida saralangan Weronika Falkowska va Martyna Kubka juftligini magʻlub etdi. Oʻsha yili Šebestová Koper ochiq turniri va Macha Lake ochiq turnirida ham juftlik yoʻnalishi boʻyicha gʻolib boʻldi. Sportchi birinchi musobaqada Kristina Novak bilan, Macha Lake ochiq turnirida esa Alena Kovačková bilan juftlik hosil qildi.
Manbalar
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar