Anca Todoni (2004-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — ruminiyalik tennischi. WTA yakkalik reytingida 2025-yil 31-mart kuni 83-oʻrinni, juftlik reytingida 2025-yil 27-yanvarda 275-oʻrinni band qilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.
Faoliyati 2024: WTA Tur, Katta dubulgʻa va top-150 debyutlari, ikkita WTA 125 unvoni Fevral oyida Anca Todoni Transilvaniya ochiq turnirida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Sportchi musobaqaning asosiy toʻr bahslarida debyut ishtirokini amalga oshirdi, biroq birinchi davrada saralash bosqichidan oʻtib kelgan tennischi Erika Andreevaga oʻyinni boy berdi.
Aprel oyida dunyo reytingida 217-oʻrinda turgan Todoni Kolumbiyaning Bogota shahrida oʻtkaziladigan Copa Colsanitas turnirining yakkalik bahslari asosiy toʻrida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtishga muvaffaq boʻldi va birinchi davrada Lucrezia Stefaninini magʻlub etdi. Biroq u keyingi oʻyinda esa Camila Osorioga magʻlub boʻldi.
Iyun oyida sportchi Barida oʻtkazilgan turnirda oʻzining ilk WTA 125 unvonini qoʻlga kiritdi. Birinchi va ikkinchi davralarda u Fiona Ferro hamda Elvina Kaliyeva ustidan gʻalaba qozondi. Chorak final va yarim finalda Eva Lys hamda birinchi raqamda tasniflangan tennischi Nadia Podoroskani magʻlubiyatga uchratdi. Todoni yakuniy final oʻyinida Panna Udvardyni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Natijada sportchi yakkalik yoʻnalishi boʻyicha reytingda top-150 talikka kirib, 2024-yil 10-iyunda dunyo reytingida 136-oʻringa koʻtarilib oldi.
Jahon reytingida 141-oʻrinda turgan Todoni Wimbledon musobaqasi asosiy toʻr bahslarida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtib, Katta dubulg‘a turnirlaridagi ilk ishtirokini oʻtkazdi. Musobaqada sportchi Olga Danilović ustidan ilk yirik gʻalabasini qayd etdi. Ikkinchi davrada ikkinchi raqamda tasniflangan Coco Gauffga yutqazib musobaqani tark etdi.
Todoni Iași ochiq turnirining ikkinchi davrasiga chiqdi. Uning ilk raqibi Aliona Falei jarohati sabab oʻyinni davom ettira olmadi, biroq Todoni Olga Danilovićga yutqazdi.
Noyabr oyida Todoni Boliviya ochiq turnirida ikkinchi bor oʻzining WTA 125 unvonini qoʻlga kiritdi. Final bahsida u Emiliana Arangoni magʻlubiyatga uchratdi. Sportchi keyingi hafta Kolumbiyada oʻtkazilgan WTA 125 Cali ochiq turnirida ham yaxshi oʻyin koʻrsatib, saralash bosqichidan chiqib kelgan Martina Okáľová va Solana Sierra ustidan gʻalaba qilib, chorak finalga chiqdi. Biroq ikkinchi raqamda tasniflangan va keyinchalik chempionlikni qoʻlga kiritgan Irina-Camelia Beguga oʻyinni boy berdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ruminiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr ruminiyalik sportchi ayollar