The Book of Brownies — Enid Blyton tomonidan yozilgan va 1926-yilda nashr etilgan kitob. Asarda Hop, Skip va Jump ismli uch nafar shoʻx mitti odamlar haqida hikoya qilinadi. Ular yashil koʻzli jodugarga aldanib, malika Peronelni oʻgʻirlashda ishtirok etishadi va Parilar yurtidan oʻzlarining „yaxshi xulq“larini topmaguncha haydaladi. Keyin ular malikani sehrdan qutqarishga qaror qiladilar va shu yoʻlda koʻplab sarguzashtlarni boshdan kechiradilar: eshiksiz uyda qolib ketishadi, mashhur qizil goblin oroliga tasodifan tushib qolishadi, bahaybat odamlar oʻlkasida boʻlishadi, soʻngra Donishmandlar yurtiga borib, har doim sheʼr aytib, topishmoqlar toʻqishga majbur boʻlishadi. Shuningdek, ular tilla gnom bilan kurashib, ajdarho qushi va malikani qutqaradilar.

Adabiyotlar

Turkum:Bolalar adabiyoti Turkum:Bolalar adabiyotiga oid chala maqolalar