Al-Hutayʼa’ (arab tili: الحطيئة; toʻliq ismi Jarval ibn Avs al-Absiy) — Islomdan avvalgi Arabistonning arab shoiri boʻlib, keyinchalik Islomni qabul qilgan. U oʻzining oʻta keskin hajvi hamda arab she’riyatiga qoʻshgan hissasi bilan tanilgan. Hajvdan tashqari, Al-Hutay’a ishqiy, madhiyaviy, faxr va ozodlik mavzularida ham she’rlar yozgan; bularning barchasi zamonaviy davrda nashr etilgan.
Hayoti Nasab Uning toʻliq ismi Jarval ibn 'Avs ibn Molik ibn Maxzum al-Absiy. Al-Hutay’aning nasabi u yerdan Qays qabilasigacha, u esa arab ajdodi Adnan avlodlaridan ekani qayd etiladi. Onasi Ad-daraa ismli habashistonlik choʻri bo‘lganhttps://uaelocalnews.wordpress.com/2012/09/28/%D8%A7%D9%84%D9%87%D8%AC%D9%91%D8%A7%D8%A1-%D8%A7%D9%84%D8%B3%D9%84%D9%8A%D8%B7-%D9%82%D8%B5%D8%AA%D9%87-%D9%85%D8%B9-%D8%B9%D9%85%D8%B1-%D8%A8%D9%86-%D8%A7%D9%84%D8%AE%D8%B7%D8%A7%D8%A8-%D9%83/.
Islomdan avvalgi hayoti Al-Hutay’a Islomdan avvalgi arab she’riyatining peshqadamlaridan bo‘lib, she’rlarida boshqalarni masxara qilishda haddan tashqari keskinligi bilan tanilgan; shu darajaga yetganki, zamondoshlarining ayrimlari shu bois uni yoqtirmagan. Abbosiylar davri tarixchisi va shoiri Abulfaraj Isfahoniy o‘zining Kitob al-Agʻoniy asarida Al-Hutay’a juda fasohatli, biroq obro‘si yomon shoir bo‘lgani, islomdan avvalgi zamondoshlari uni yovuz va uyatsiz deb bilgani haqida rivoyat qiladi.
Islomdan keyin Aytilishicha, Al-Hutay’a 7-asrda islomni qabul qilgan, ammo keyin murtad bo‘lib, Ridda urushlaridan so‘ng yana islomga qaytib, musulmon holida vafot etgan. Bir rivoyatga ko‘ra, u sahoba al-Zabarqan ibn Badr bilan tortishib qolgan va sahoba uni Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattob buyrug‘i bilan qamoqqa yuborgan. Keyinchalik u yaxshi xulqni saqlash va boshqa musulmonlarni masxara qilmaslikka va’da bergach, ozod qilingan. Al-Hutay’aning vafot sanasi noma’lum, ayrim tarixchilar u taxminan 670-yillarda vafot etganini aytadi.
Yana qarang Arab tili shoirlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:7-asr arablari Turkum:7-asr arab tili shoirlari