Bernarda Pera (1994-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — xorvat-amerikalik professional tennischi. WTA turnirida yakkalik bahslarida ikki marta, juftlik bahslarida bir marta chempionlikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ITF Ayollar oʻrtasida Jahon Kubogi turnirida yakkalik bahslarida toʻqqiz karra, juftlik bahslarida esa sakkiz karra sovrindor boʻlgan. Sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari: yakkalik yoʻnalishlari boʻyicha 2023-yil 12-iyun kuni jahonning 27-raqamli tennischisiga aylangan, juftlik boʻyicha 2022-yil 21-fevral kuni reytingda 35-raqamni qayd etgan. 2013-yil mart oyiga qadar Pera tugʻilgan davlati Xorvatiya nomidan musobaqalarda ishtirok etgan.
Yoshligi Pera 1994-yil 3-dekabrda xorvat-italyan dalmatian oilada tugʻilgan. Ingliz tilidan tashqari xorvat tilida ham soʻzlashadi. U 16 yoshga toʻlganida AQSh fuqarosi boʻlgan otasi uning rivojlanib borayotgan tennis faoliyati uchun oilasini Amerikaga koʻchirgan. Ular doʻstlari va qarindoshlari anchadan beri yashab kelayotgan Nyu-Jersi shtatiga joylashganlar.
Sport faoliyati WTA turniridagi debyuti Pera WTA turniridagi debyutini 2014-yilgi US ochiq turnirida amalga oshirgan. Ushbu musobaqada sportchi juftlik bahslarida ishtirok etgan va Tornado Alicia Black bilan juftlik yoʻnalishida qatnashgan.
WTA yarim finali Bernarda Pera Grand Slam turniri yakkalik bahslaridagi ilk ishtirokini 2018-yilgi Avstraliya Ochiq turnirida amalga oshirgan. Ushbu turnirdan Margarita Gasparyan chiqib ketganligi bois, uning oʻrniga oʻyinlarga Pera qoʻshilgan. Sportchi birinchi bosqichda Anna Blinkovani magʻlub etgan. Ikkinchi bosqichda esa Johanna Kontani musobaqa jadvalidan chiqarib yuborgan. Uchinchi bosqichda Pera Barbora Strýcovága qarshi maydonga tushgan, biroq undan magʻlubiyatga uchragan.
Bernarda pera 2018-yilgi Volvo Car ochiq turnirining chorak finaligacha yetib borgan, ammo uch set davomida Madison Keysga magʻlub boʻlgan.
2018-yilgi Guangzhou Ochiq turnirida Pera chorak finalda Aleksandra Krunićni magʻlub etib, WTA turnirida ilk bor yarim finalga qadar yetib borishga erishgan. Bu bosqichda sportchi Yulia Putintsevaga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan.
Dastlabki sovrinlari Pera WTA turnirida ilk gʻalabasini 2022-yilda Merburn Yozgi Set 2 musobaqasida Kateřina Siniaková bilan birga juftlik bahslarida qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng sportchi 2022-yil 21-fevralda juftlik oʻyinlari boʻyicha reytingda 35-raqamga koʻtarilgan.
Sportchi 2022-yilgi Budapesht Grand Prix bahslarida ishtirok etish uchun kvalifikatsiyadan oʻtgan. U ilk bor WTA turnirining yakkalik bahslari finaliga qadar yetib borgan. Buning uchun u Marina Bassols Ribera, Aliaksandra Sasnovich, Elisabetta Cocciaretto va Anna Bondárni mag‘lub etgan. Soʻngra sportchi Aleksandra Krunić ustidan ham gʻalaba qozonib, turnirdagi yakkalik bahslari boʻyicha ilk gʻalabasini qo‘lga kiritgan.
Shaxsiy hayoti 2018-yildan beri Pera xorvatiyalik basketbolchi Kristijan Krajina bilan munosabatda.
Manbalar
Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:3-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xorvatiyalik ayol tennischilar Turkum:Amerikalik ayol tennischilar