Kamar — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Bogʻishamol mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Etimologiyasi Toponim fors-tojik tilidan olingan geografik termin hisoblanadi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida kamar soʻziga “suv qirgʻogʻida yoki jar chetida, tepalik yoki togʻ bagʻrida yuvilish, oʻpirilish yoki suv oqimi natijasida hosil boʻlgan gʻorsimon oʻyiq joy” deb izoh berilganOʻzbek tilining izohli lugʻati. Moskva, 1981..
Geograf P. Gʻulomov yozishicha, kamar jarlik, daryoning tik tushgan suv aylanib oqadigan chuqur joyi, shuningdek qirlar yoki qirdagi uzun choʻzilgan doʻnglar maʼnosini bildiradiGʻulomov P. Geografik tadqiqotlar. 1994..
Toponimist T. Nafasov kamar soʻziga quyidagicha taʼrif bergan: togʻ etaklari va balandliklarning yon tomonlarida yemirilish, oʻpirilish yoki ko‘chki kabi tabiiy hodisalar natijasida hosil bo‘lgan kemtik, oʻyiq yoki chuqur joylar kamar deyiladi. Kamarlarning quyisi odatda soyga tutashgan bo‘ladi. Yer yuzasi tuzilishining ana shunday joyida o‘rnashgan qishloq shu nom bilan atalganNafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009..
Viloyat toponimiyasi tarkibida ushbu termin asosida shakllangan boshqa joy nomlari ham uchraydi. Masalan, Qoʻshkamar (Gʻallaorol tumani) va Sarikamar (Zomin tumani).
Manbalar