Loyqa — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Yangibogʻ mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Etimologiyasi Oykonim geografik termin asosida shakllangan. Suv havzalarida juda mayda dispers zarrachalardan iborat loysiman choʻkindi loyqa deb ataladi. U suvning sekin oqishi natijasida daryo, kanal, suv omborlari va boshqa suv havzalari tubida, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari sugʻorilgandan soʻng dalalarning pastki qismida yigʻilib qoladiOʻzbek tilining izohli lugʻati. Toshkent..
Xalqob yoki chuqur joylarda loyqa oqiziqlar toʻplanib qoladi. Dara va soylar orqali tekislikka oqib chiqqan suvlarning oqiziqlari ham koʻpincha loyqa deb ataladi.
Loyqa toʻplanadigan joy atrofida tashkil topgan aholi punkti ham Loyqa deb nomlangan. Qishloq Bulungʻur arigʻi yaqinida joylashgan. “Bulungʻur” soʻzi moʻgʻul tilida loyqa suv maʼnosini bildiradiNafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009..
Shu bois loyqa va bulungʻur soʻzlari maʼno jihatdan yaqin (sinonim) hisoblanadi. Jizzax tumanida ham shu nom bilan ataladigan qishloq mavjud.
Manbalar