Ubayd bin Sharia al-Jurhami (; 686-yilda vafot etgan) Ubayd bin Suriyah nomi bilan ham tanilgan – milodiy 7-asrda Umaviy xalifaligi hukmronligi davrida yashagan ilk arab tarixchilaridan biri. U Yaman tarixini oʻrgangan. Undan keltirilgan baʼzi rivoyatlar Himyar podsholigi hukmdorlari haqida yozilgan yarim afsonaviy Himyar podshohlari toji kitobi asarida uchraydi.
Hayoti Ubayd bin Sharia al-Jurhamiyning tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Biroq u Muoviya zamondoshi boʻlgan va u bilan 660-yilda uchrashganKitab al-muammarin min al-Arab wa taraf minakhbaruhum wa-ma qaluhfi muntaha amaruhum by Abu Hatim al-Sijistani, page 39. U 686-yilda toʻrtinchi Umaviy xalifasi Abdulmalik ibn Marvon hukmronligi davrida vafot etgan. Uning yoshi tarixchilar oʻrtasida bahsli masala; Ubayd Muoviyaga oʻzini 240 yoshda ekanini aytgan, ammo Muoviya bunga ishonmaganKitab al-muammarin min al-Arab wa taraf minakhbaruhum wa-ma qaluhfi muntaha amaruhum by Abu Hatim al-Sijistani, page 39, shuningdek, 'Ubayd oʻz asarlarining ayrimlarida oʻzini 150 yoshda deb ham koʻrsatganAkhbar 'Ubayd bin Shari’a, page 313. Yana bir rivoyatda u kamida uch yuz yil yashagan, deyilgan. Zarif Marzuk rivoyatlarda keltirilgan bu yoshlarga eʼtiroz bildirgan va Ubayd oldin aytilganlardan ancha kam umr koʻrgan, degan xulosaga kelgan.
Tarixiylik masalasi Baʼzi olimlar Ubayd bin Sharianing haqiqatan ham yashagan shaxs ekanligiga shubha bilan qarashgan. Qarunqu uning mavjudligini rad etib, uni Fihrist muallifi – tarixchi Ibn an-Nadim tomonidan oʻylab topilgan obraz, degan xulosaga kelganAl-Tarikh al-Arabiya wa Masadiruh by Amin Madani, Volume 2, page 374. Ishonchliligi Hamilton Gebbning taʼkidlashicha, Ubayd arablarni tarixiy sezgi va tanqid ruhidan deyarli xoli boʻlgan dastlabki tarixiy maʼlumotlar bilan taʼminlaganStudies in Islamic Civilization by Hamilton Gebb, pages 144 to 145. Javod Ali esa, aksincha, Ubaydni hikoyalarni Arab yahudiy rivoyatlari va folkloridan olganlikda ayblaganJawad Ali, Mufassal fi Tarikh al-Arab, volume 1, page 83.
Abdulaziz ad-Duriy 'Ubayd rivoyatlarining barchasini oddiy xalq ogʻzaki ijodi mahsuli va Yaman tarixiga doir sheʼriy xayolot mahsuli hikoyalar, deb hisoblaganTarikh al-Tarikh 'aynd al-Arab by Abdul Aziz al-Douri, page 17. Asarlari Kitob al-Muluk va al-Axbor al-Moziy nomli kitob Ubayd bin Shariaga nisbat beriladi, uning nisbatan yangi nusxasi ilk bor 1928-yilda Haydarobodda nashr etilgan, undan ham eskiroq nusxasi esa hozir ham Britaniya muzeyida saqlanadiAl-Tarikh wa al-Muarikhun al-Arab, Volume 1, page 126, footnote 578. Biroq bu kitobning oʻzi ham ishonchliligi jihatidan bahsli hisoblanadiZuhur al-Tadwin al-Tarikhii 'aind al-Arab by Hussein Nassar, pages 24 to 25. Yana qarang Vahb ibn Munabbih at-Tabariy Ibn Kasir Manbalar
Turkum:686-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Arab tarixchilari Turkum:Umaviylar xalifaligidan boʻlgan olimlar Turkum:Mavjudligi bahsli osiyolik shaxslar Turkum:7-asr tarixchilari Turkum:7-asr arab shaxslari