Baha ad-Din Zuhayr (; 1186 – 1258) – Makkada yoki uning yaqinida tugʻilgan, oʻz davrining eng yaxshi nasr va sheʼr yozuvchisi hamda eng yaxshi xattoti sifatida shuhrat qozongan arab shoiri.

Hayoti U Mesopotamiyada sulton Malik as-Solih Najmiddin xizmatiga kirgan va sulton xiyonatga uchrab qamalgunga qadar u bilan birga Damashqda boʻlgan. Shundan soʻng Baha ad-Din Nablusga chekingan va Najmiddin qochib qutulib, Misrni qoʻlga kiritguniga qadar u yerda qolgan; 1240-yilda u bilan birga u yerga borgan. U yerda 1258-yilda oʻlat tufayli vafot etguniga qadar sultonning maxfiy kotibi boʻlib qolgan.

Uning sheʼrlari asosan oʻzining nafisligi bilan ajralib turuvchi madhiyalardan iborat. Ular ingliz tilidagi vaznli tarjimasi bilan birga E. H. Palmer tomonidan (2 jild, Kembrij, 1877) nashr etilgan.

Manbalar

Attributsiya

Turkum:1186-yilda tugʻilganlar Turkum:1258-yilda vafot etganlar Turkum:XII asr arablari Turkum:XIII asr arablari Turkum:13-asr arab tili yozuvchilari