Emanuel Esseh Emegha (2003-yil 3-fevralda tugʻilgan) – gollandiyalik professional futbolchi, Ligue 1 vakili „Strasbourg“ klubining hujumchisi va jamoa sardori.

Klublardagi karyerasi Sparta Rotterdam Emegha professional karyerasini 2020-yilda „Sparta Rotterdam“ klubida boshlagan. Birinchi mavsumida futbolchi 16 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, 2021-2022-yilgi mavsumda u yanvargacha boʻlgan jamoaning barcha oʻyinlarida maydonga tushgan.

Royal Antwerp 2022-yil 31-yanvarda Emegha Belgiyaning „Antwerp“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan.

Sturm Graz "Royal Antwerp" klubida kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlganidan soʻng, u 2022-yil avgust oyida Avstriyaning „Sturm Graz“ klubiga oʻtdi va u yerda toʻrt yillik shartnomaga imzo chekdi.

Strasbourg 2023-yilning 22-iyulida Emegha Ligue 1 vakili „Strasbourg“ bilan 13 million yevro evaziga toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2025-yilning 27-iyulida futbolchi sobiq sardor Habib Diarraning transferidan soʻng „Strasbourg“ning yangi sardori etib tayinlandi.

Terma jamoadagi karyerasi Otasi togolik, onasi nigeriyalik boʻlgan Emegha Gollandiyada tugʻilgan. U Niderlandiyaning bir necha yosh toifasidagi jamoalari sharafini himoya qilgan.

Statistikasi Klub

+ Klublar safidagi statistikasiKlubMavsumLigaMahalliy kubokarYevropaBoshqaTotalDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarJong Sparta2019–2020Tweede Divisie21———212020–2021Tweede Divisie30———30Umumiy51———51Sparta Rotterdam2020–2021Eredivisie17110—001812021–2022Eredivisie19220—00212Umumiy36330—00393Antwerp2021–2022Belgian Pro League10——0010Sturm Graz2022–2023Austrian Bundesliga2794051—3610Strasbourg2023–2024Ligue 128831——3192024–2025Ligue 1271420——2914Umumiy552251——6023Karyerasidagi umumiy12435121510014138

Sovrinlar Sturm Graz Avstriya kubogi: 2022-2023

Izohlar

Manbalar

Turkum:RC Strasbourg Alsace futbolchilari Turkum:Sparta Rotterdam futbolchilar Turkum:Royal Antwerp F.C. futbolchilari Turkum:Sturm Graz futbolchilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar