Fransiya erkaklar milliy voleybol jamoasi mamlakat sharafini xalqaro musobaqalar va do‘stona uchrashuvlarda munosib himoya qiladi. 2015-yilda Yevropa chempioni unvonini qo‘lga kiritgan bu jamoa, 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, FIVB jahon reytingida 3-o‘rinni egallab turadi. Fransiya terma jamoasi Jahon ligasida ilk bor 1990-yilgi ochilish musobaqasida qatnashgan bo‘lib, 1999-yildan beri unda uzluksiz ishtirok etib kelmoqda. 2006-yilda ular Braziliyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi, biroq keyingi mavsumlarda bir qator omadsizliklarga duch kelishdi. 2009-yilda ular so‘nggi bosqichda Sloveniya jamoasiga yutqazib, ozgina farq bilan „Yakuniy oltilik“ bosqichiga chiqa olishmadi. 2010-yilda esa yana final bosqichiga yo‘llanma ola olmay, musobaqani 12-o‘rinda yakunladilar.

2015-yilda Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionligi va Jahon ligasida zafar quchdi. (2017-yilda ham Jahon ligasida yana bir bor g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi).

Fransiya terma jamoasi 2016-yil Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida to‘rtinchi marotaba ishtirok etib, musobaqani 9-o‘rinda yakunladi. Oradan besh yil o‘tib, Tokio-2020 Olimpiadasida Rossiyani mag‘lub etib, tarixiy oltin medalga ega bo‘ldi. 2024-yil Parij Olimpiadasida esa o‘zining oltin unvonini munosib ravishda himoya qilib, yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Natijalar Olimpiada o‘yinlari

1-o‘rin   2-o‘rin   3-o‘rin   4-o‘rin Yozgi Olimpiada o‘yinlari rekordi YilBosqichO‘rinJamoa 1964saralashdan o‘tmadi 1968 1972 1976 1980 1984 1988 8-o‘rin 7 3 41213 Guruh 1992 11-o‘rin 6 2 4 914 Guruh 1996Saralashdan o‘tmadi 2000 Saralashdan o‘tmadi 2004 9-o‘rin 5 2 3 810 Guruh 2008 Saralashdan o‘tmadi 2012 Saralashdan o‘tmadi 2016 9-o‘rin 5 2 3 8 9 Guruh 2020 Final 1-o‘rin 8 5 3 19 14 Guruh 2024 Final 1-o‘rin 6 5 1 17 7 Guruh 2028 kelgusi musobaqa 2032Jami2 karra chempion 5/153719187367 Jahon chempionati

Chempionlar   2-o‘rin    3-o‘rin   4-o‘rin FIVB Jahon chempionati rekordiYilBosqichJamoa 1949 6-o‘rin Guruh 1952 6-o‘rin Guruh 1956 7-o‘rin Guruh 1960 9-o‘rin Guruh 1962ishtirok etmadi 1966 18-o‘rin Guruh 1970 17-o‘rin Guruh 1974 16-o‘rin Guruh 1978 15-o‘rin Guruh 1982 16-o‘rin Guruh 1986 6-o‘rin Guruh 1990 8-o‘rin Guruh 1994 Saralashdan o‘tmadi 1998 2002 Yarim final 3-o‘rin Guruh 2006 6-o‘rin Guruh 2010 11-o‘rin Guruh 2014 Yarim final 4-o‘rin Guruh 2018 Ikkinchi bosqich 7-o‘rin8532112 Guruh 2022 Chorak final 5-o‘rin541147 Guruh 2025Saralashdan o‘tdiJami0 Unvon(lar)18/21 Jamoa Hozirgi jamoa tarkibi 2024-yil Yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun tarkibi.

Murabbiylar tarixi 1938–1946 : Plaswick 1946–1947 : René Verdier 1947–1965 : Marcel Mathor 1965-1965 : Shigeyoshi Nagasaki 1965–1968 : Nicolae Sotir 1968–1970 : Georges Derose 1970–1979 : Roger Schmitt 1979–1983 : Jean-Marc Buchel 1983-1983 : Georges Komatov 1983–1984 : Éric Daniel 1984–1985 : Jean-Marc Buchel 1985–1988 : Éric Daniel 1988–1992 : Gérard Castan 1993–1994 : Jean-Marie Fabiani 1994–1995 : Jean-Michel Roche 1995-1995 : Gérard Castan 1995–1999 : Vladimir Kondra 1999–2000 : Pierre Laborie 2001–2012 : Philippe Blain 2012–2021 : Laurent Tillie 2021 : Bernardo Rezende 2022-yildan hozirgacha : Andrea Giani

Rekordchi ishtirokchilar #O‘yinchiYillarO‘yinlar soni1 Hervé Mazzon 1980–1991 4172 Christophe Meneau 1986–2000 4073 Laurent Tillie 1982–1995 4064 Alain Fabiani 1977–1992 3925 Stéphane Faure 1977–1988 3506 Philippe Blain 1980–1991 3407 Laurent Chambertin 1987–2002 3368 Éric Bouvier 1979–1992 3259 Luc Marquet 1990–2003 32510 Stéphane Antiga 1998–2010 30611 Laurent Capet 1993–2004 30012 Olivier Rossard 1986–1995 29413 Jean-Marc Jurkovitz 1983–1993 29014 Frantz Granvorka 1996–2007 28815 Dominique Daquin 1994–2006 267

Jadval oxirgi marta yangilangan: 2021-yil dekabrRecords att in France A team.

Manbalar

Havolalar

FIVB profile

Turkum:Voleybol bo‘yicha erkaklar milliy terma jamoalari Turkum:Fransiyaning milliy sport jamoalari Turkum:Fransiyada voleybol Turkum:Fransiyadagi erkaklar sporti