Bhikkhu Bodhi (1944-yil 10-dekabrda tugʻilgan) (Bǐqiū Pútí; 比丘菩提), asl ismi Jeffrey Block — amerikalik teravada rohibi boʻlib, Shri-Lankada rohiblikka kirgan. U Nyu-York va Nyu-Jersi hududlarida taʼlim beradi. Budda Nashriyot Jamiyatining (Buddhist Publication Society) ikkinchi prezidenti etib tayinlangan va teravada anʼanasiga asoslangan koʻplab asarlarni mualliflik qilgan hamda tahrir qilgan.
Hayoti 1944-yilda Block Bruklin, Nyu-Yorkda yahudiy oilasida tugʻilgan. U Borough Parkda ulgʻaygan va P.S. 160 boshlangʻich maktabida oʻqiganhttps://m.youtube.com/watch?v=6U8-GTX5Puw , vaqt: 6:53.. 1966-yilda u Bruklin kollejidan falsafa boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1972-yilda esa Claremont Graduate Universityda falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini qoʻlga kiritdi.
Faoliyati
1967-yilda, hali aspirant boʻlganida, Bodhi Vyetnamlik Mahayana anʼanasi asosida sāmaṇera (novis rohib) sifatida rohib bo'lgan. 1972-yilda tahsilni yakunlagach, u Shri-Lankaga yoʻl olgan va u yerda Balangoda Ananda Maitreya Thero qoʻl ostida teravada anʼanasi boʻyicha sāmaṇera rohib boʻldi, 1973-yilda esa toʻliq rohiblik (upasampadā)ni qabul qilgan.
1984-yilda, tashkilotchilardan biri boʻlgan Nyanaponika TheradanBodhi, Connected Discourses (2000), 5-bet. U kitobni oʻzining ustozlariga — Balangoda Ananda Maitreya Thera, Nyanaponika Mahathera va Piyadassi Maha Theraga bagʻishlagan. keyin Bhikkhu Bodhi Budda Nashriyot Jamiyati (Shri-Lanka)ning ingliz tili bo'yicha muharriri boʻldi. 1988-yilda jamiyat prezidenti etib tayinlandi . 2002-yilda u muharrirlikdan nafaqaga chiqdi, ammo prezidentlik lavozimini davom ettirdi.
2000-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining ilk rasmiy Vesak bayrami nishonlanishida u asosiy nutqni so'zlagan. 2002-yilda u AQShga qaytib, avval Nyu-Jersi shtatidagi Bodhi monastridaMcLeod, Melvin, ed. The Best Buddhist Writing 2008, 333-bet, Shambhala Publications, 2008. , hozir esa Nyu-Yorkdagi Chuang Yen monastrida istiqomat qiladi. 2013-yildan boshlab u Budda Assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi.
Bhikkhu Bodhi dunyo boʻylab ocharchilikka qarshi kurashish va ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Buddhist Global Relief tashkilotining asoschisidir.
Shaxsiy hayoti AQShga qaytgach, Bhikkhu Bodhi vegetarian boʻlgan.
Asarlari
Bodhi, Bhikkhu (2009). The Revival of Bhikkhuni Ordination in the Theravada Tradition. Inward Path.
Bodhi, Bhikkhu (2023), Noble Truths, Noble Path: The Heart Essence of the Buddha's Original Teachings. Wisdom Publications.
Toʻliq roʻyxat: BPS kutubxonasi yoki Wisdom Publications nashrlari sahifasida.
Yana qarang Budda Nashriyot Jamiyati Chuang Yen Monastery Tinchlik faollari roʻyxati
Manbalar
Havolalar Bhikkhu Bodhi profili (Bodhi Monastery) Plemeniti Osmostruki Put (serb tilida)
Kategoriya:1944-yilda tugʻilganlar Kategoriya:21-asr amerikalik rohiblari Kategoriya:Teravada Buddist rohiblari Kategoriya:Amerikalik buddistlar Kategoriya:Budda tarjimonlari Kategoriya:Yahudiylikdan buddaviylikka oʻtganlar Kategoriya:Pali–ingliz tarjimonlari Kategoriya:Amerikalik diniy yozuvchilar Kategoriya:Brooklyn College bitiruvchilari Kategoriya:Claremont Graduate University bitiruvchilari Kategoriya:Bruklindan yozuvchilar Kategoriya:New Jerseydan diniy shaxslar Kategoriya:Tirik odamlar