Blum taksonomiyasi () 1956-yilda Benjamin Bloom rahbarligidagi pedagoglar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim maqsadlarini tasniflash tizimi hisoblanadi. Bu tizim dastlab „Taʼlim maqsadlari taksonomiyasi: Taʼlim maqsadlarining tasnifi“ () nomli nashrda taqdim etilgan. Taksonomiya oʻquv maqsadlarini uchta keng sohaga boʻladi: kognitiv (bilimga asoslangan), affektiv (hissiyotga asoslangan) va psixomotor (harakatga asoslangan). Bu sohalarning har biri oʻz navbatida koʻnikma va qobiliyatlar ierarxiyasiga ega. Pedagoglar ushbu sohalardan turli xil taʼlim turlarini rivojlantirish maqsadida oʻquv dasturlari, baholash usullari va oʻqitish metodlarini tuzishda foydalanadilar.
Taksonomiyaning eng keng tan olingan komponenti boʻlgan kognitiv soha dastlab oltita darajaga boʻlingan edi: Knowledge; Comprehension; Application; Analysis; Synthesis; Evaluation. 2001-yilda ushbu taksonomiya qayta koʻrib chiqilib, quyidachiga qayta nomlandi va tartibga solindi: Remember; Understand; Apply; Analyze; Evaluate; Create. Bu soha intellektual koʻnikmalar, tanqidiy fikrlash va muammolarni yechish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Affektiv soha munosabatlar, hissiyotlar va tuygʻularni qamrab oladi, asosiy anglash va javob berishdan to murakkab qadriyatlar va eʼtiqodlarga qadar rivojlanadi. Bu soha beshta darajani oʻz ichiga oladi: Receiving; Responding; Valuing; Organizing; Characterizing.
Blum jamoasi tomonidan kamroq oʻrganilgan psixomotor soha jismoniy koʻnikmalar va harakat funksiyalarini qamrab oladi. Keyinchalik, Elizabeth Simpson kabi pedagoglar bu sohani yanada rivojlantirib, oddiy idrok etishdan to yangi harakatlarni yaratishgacha boʻlgan koʻnikmalarni egallash darajalarini aniqlab berdilar.
Blum taksonomiyasi taʼlimda keng qoʻllaniladigan vositaga aylanib, turli fanlarda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, baholash usullari va taʼlim natijalariga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda. Keng qoʻllanishiga qaramay, taksonomiya, ayniqsa kognitiv koʻnikmalarning ierarxik tuzilishi va uning oʻqitish hamda baholash amaliyotiga taʼsiri borasida tanqidlarga ham duch kelgan.
Tarixi 1949-yildan 1953-yilgacha boʻlib oʻtgan bir qator konferensiyalardan soʻng nashr etildi. Bu konferensiyalar oʻquv dasturlari va imtihonlarni ishlab chiqishda oʻqituvchilar oʻrtasidagi muloqotni yaxshilashga qaratilgan edi. Modellar taksonomiyani ishlab chiqqan pedagoglar qoʻmitasiga raislik qilgan Benjamin Bloom sharafiga nomlangan. U shuningdek, nomli standart matnning birinchi jildini tahrir qilgan .
Taksonomiyaning birinchi jildi 1956-yilda, ikkinchi jildi esa 1964-yilda nashr etilgan. 2001-yilda kognitiv soha uchun taksonomiyaning qayta koʻrib chiqilgan versiyasi yaratildi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar