Unifly — bu Yevropadagi dasturiy taʼminot kompaniyasi bo‘lib, uchuvchisiz havo harakati boshqaruvi (Unmanned Traffic Management, UTM) uchun dron telematika xizmatlari platformasini taqdim etadi. Kompaniya dronlarning xavfsiz havo makoniga integratsiyasini taʼminlash uchun xaritalash va joylashuv maʼlumotlarini taqdim etadi. Bu orqali dron uchuvchilari va havo xavfsizligi bo‘yicha rasmiy idoralar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.

Unifly dastlab Belgiya texnologik tadqiqot markazi VITOga to‘liq tegishli bo‘lgan sho‘ba korxona edi. 2015-yilda u korporativ spin-off orqali mustaqil kompaniyaga aylandi.

Kompaniyaning bosh ofisi Belgiyaning Antverpen shahrida joylashgan.

Tarixi Unifly 2015-yilda Andres Van Swalm, Jurgen Verstaen, Koen Meuleman va Hans Schrauwen tomonidan tashkil etilgan. Ushbu asoschilarning barchasi aerokosmik soha mutaxassislari hisoblanadi. Ular dronlar uchun havo harakati boshqaruv tizimini (UTM) yaratish ustida ishladilar .

Kompaniya dastlab Belgiya texnologik tadqiqot instituti VITO tarkibida bo‘lgan, biroq 2015-yilda u korporativ spin-off orqali mustaqil kompaniyaga aylantirildi

Moliyalashtirish

2015-yilda Unifly PMV va Qbic Fund investorlari orqali 1,2 million AQSh dollari miqdorida boshlangʻich mablagʻ oldi. 2016-yilda esa kompaniya Terra Drone tomonidan 5 million AQSh dollari miqdoridagi A-seriya investitsiya raundini jalb qildi. Ushbu mablagʻ kompaniyaning rivojlanishi va xalqaro kengayishiga xizmat qildi.

Hamkorliklar va xalqaro kengayish

2018-yil may oyida Unifly va UNICEF o‘rtasida Afrikada dronlar uchun UTM koridori tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik e'lon qilindi. O‘sha yil oxirida kompaniya AQShning Northeast UAS Airspace Integration Research Alliance (NUAIR) dasturi bilan hamkorlikda Nyu-York UAS test maydonida yangi dron missiyalarini sinashni boshladi.

2018-yil holatiga ko‘ra, Unifly quyidagi mamlakatlarda faoliyat yuritgan:

• Ispaniya ;

• Fransiya ;

• Belgiya ;

• Daniya ;

• Germaniya ;

• AQSh ;

• Malavi ;

• Xitoy ;

• Yaponiya.

Loyihalar Unifly Yevropa Ittifoqining Horizon 2020 dasturi doirasidagi bir nechta muhim innovatsion loyihalarda ishtirok etadi. Ushbu loyihalar orqali kompaniya uchuvchisiz havo tizimlarini (UTM) rivojlantirishga va xavfsiz integratsiyani ta’minlashga hissa qo‘shmoqda:

• CORUS (Concept of Operations for EuRopean UTM Systems ) – Yevropada dronlar uchun UTM tizimlari uchun operatsion kontsepsiyalarni ishlab chiqish loyihasi ;

• CLASS – Shaharlar uchun ilg‘or xavfsiz havo harakati yechimlarini ishlab chiqish loyihasi ;

• SECOPS (Security Operations ) – UTM tizimlarining xavfsizlik jihatlarini o‘rganishga qaratilgan loyiha.

• PODIUM (Proving Operations of Drones with Initial UTM Management ) – Dronlar faoliyatini boshqarish va sinovdan o‘tkazish uchun dastlabki UTM tizimlarini ishlab chiqish loyihasi.

Ushbu loyihalarda Unifly texnologik yetakchi sifatida turli davlatlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan.

Mukofotlari Unifly bir nechta nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan:

• 2018 – Yilning axborot xavfsizligi texnologiyalari startapi mukofoti.

• 2017 – Luciad Geospatial Excellence mukofotlari: Eng yaxshi aviatsiya dasturi sovrini ;

• 2017 – Tech Startup Day: Yilning kengayishi mukofoti ;

• 2017 – EI Drone mukofotlari: Eng yaxshi rivojlanayotgan uchuvchisiz kompaniya sovrini ;

• 2016 – KO'K kechasi: eng istiqbolli kompaniya (Eng istiqbolli kompaniya).

Manbalar

Turkum:Kompaniyalar