Tatjana Mihhailova-Saar (; 1983-yil 19-iyunda tugʻilgan)Tanja tutvustab plaati laheda show’ga, parnu.postimees.ee., Tanja yoki Tanja Mihhailova nomi bilan tanilgan estrada xonandasi va aktrisasi. Rossiyaning Kaliningrad shahrida tugʻilgan, ammo yoshligidan Estoniyada yashab kelmoqda. Professional faoliyati davomida bir nechta guruhlar aʼzosi boʻlgan va musiqiy spektakllarda ishtirok etgan. 2014-yilda „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida „Amazing“ nomli qoʻshigʻi bilan Estoniya sharafini himoya qilgan, biroq yarim finalda 12-oʻrinni egallagan va finalga chiqa olmagan.

Yoshlik yillari Mihhailova-Saar 1983-yilda Rossiyaning Kaliningrad shahrida dunyoga kelgan, biroq ikki oyligida oilasi Estoniyaga koʻchib oʻtgan. Tatjana Estoniyaning Kohtla-Järve shahrida voyaga yetgan.

Musiqiy faoliyati Tanja yoshligidanoq qoʻshiq ayta boshlagan va Estoniya, Rossiya hamda Ukrainadagi koʻplab tanlovlar va qoʻshiq festivallarida ishtirok etgan. 1998-yilda u Latviyaning Yurmala shahrida oʻtkazilgan „Utrennaya zvezda“ tanlovida gʻolib boʻlgan. 2002-yilda esa „Fizz Superstar 2002“ Baltika qoʻshiq tanlovida qatnashganÕhtuleht, February, 22 2002 Õhtuleht (in Estonian).

Nightlight Duo

2001-yilda estoniyalik prodyuser Sven Lõhmus hamda xonanda Ly Lumiste bilan birgalikda Tanja „Nightlight Duo“ nomli texno janrida ijod qiluvchi guruh tuzgan. Guruh Jäljed liival (Qumdagi izlar) va Miks ma ei suuda su maailma muuta (Nega men sening dunyoingni oʻzgartira olmayman) nomli ikkita albom chiqargan. Ikkinchi albom „Aasta uustulnuk 2002“ mukofotini qoʻlga kiritgan va yilning eng yaxshi albomi deb topilganEesti Popmuusika Aastaauhinnad Estonian music awards.

Nightlight Duo guruhi Estoniyaning „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etish uchun oʻtkazilgan saralash bosqichi „Eurolaul“da ikki marta ishtirok etgan. 2002-yilda ular ijro etgan „Another Country Song“ nomli qoʻshiq tanlovda ikkinchi oʻrinni egallaganEurovision song contest Estonia Eurovision Estonia. Oradan bir yil oʻtib, 2003-yilda „I Can B the 1“ qoʻshigʻi bilan toʻrtinchi oʻringa loyiq deb topilganEurovision song contest Estonia Eurovision Estonia. Har ikkala qoʻshiq muallifi va prodyuseri Sven Lõhmus boʻlgan.

2004-yilda guruh aʼzosi Ly Lumiste homilador boʻlgani sababli tarqatib yuborilgan. Shundan soʻng, Tanja oʻzining musiqiy faoliyatini mustaqil ravishda davom ettirgan.

Manbalar

Havolalar

Oʻyin – kulgilardan zavqlaning Tanja Mihhailova videolari Delfi.tv-da

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:19-iyunda tugʻilganlar Turkum:Xonandalar