Umm-El-Banine Assadoulaeff (Ummulbanu Asadullayeva; 1905-yil 18-dekabrda tugʻilgan – 1992-yil 23-oktyabrda vafot etgan) – kelib-chiqishi ozarbayjonlik boʻlgan fransuz yozuvchisi.
Biografiyasi Banine Ozarbayjonlik millioner Shamsi Asadullayevning nabirasi, Ozarbayjonlik tadbirkor hamda siyosatchi Mirzo Asadullayevning qizi boʻlgan.
Banine 1923-yilda otasining ortidan Fransiyaga joʻnagan. Otasi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi (1918-yil dekabr – 1920-yil aprel) hukumatida vazir boʻlib ishlagan. Avvaliga Banine Istanbulga koʻchib oʻtgan. 15 yoshida majburan turmushga chiqqan erini tark etib, soʻngra Parijga qochib ketgan. Parijda Banine koʻp yillar davomida adabiy muhitda yashagan va Henry de Montherlant, Nikos Kazantzakis va André Malraux kabi taniqli adabiy shaxslarning daʼvati bilan asarlarini nashr ettira boshlagan. Banine oʻzining keyingi hayotini Fransiya va Yevropaga Ozarbayjon tarixi va madaniyatini tanishtirishga bagʻishlagan. Uning eng mashhur asarlari „Days in the Causasus“ va „Parisian Days“ deb nomlanadi.
Germaniyalik yozuvchi Ernst Jünger va rus shoiri Ivan Bunin bilan doʻst boʻlgan. Banine katoliklikka oʻtishi haqida oʻz kitoblarida hikoya qiladi.
Banine Ozarbayjondagi vaziyat haqida oʻzining bir nechta maqolalarini chop etgan.
Banine 1992-yil oktyabr oyida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1905-yilda tugʻilganlar Turkum:18-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Bokuda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda vafot etganlar Turkum:23-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar