Huzayfa ibn Mihson al-Bariqiy () – sahoba. Roshidun xalifasi Abu Bakr hukmronligi davrida Ummon noibi boʻlib xizmat qilgan.
Kelib chiqishi Nasabshunoslarning koʻpchiligi turli rivoyatlarda Huzayfaning Azd qabilasidan boʻlganligini tasdiqlaydi. Uning Bariq urugʻiga mansubligi esa Hishom ibn al-Kalbiy, Balozuriy, Yoqut Hamaviy va Ahmad Cavdet posho kabi tarixchilar tomonidan tomonidan taʼkidlangan.
Ridda urushlari 632-yil sentyabr oyi oʻrtalarida xalifa Abu Bakr Huzayfa ibn Mihson boshchiligidagi boʻlinmani Ummonga yubordi. Bu yurishning maqsadi Ummonda yuzaga kelgan irtido (islomdan qaytish) harakatlarini bostirish edi. Bu vaqtda Ummonda hukmronlik qilayotgan Azd qabilasi oʻz yetakchisi Laqiyt ibn Molik (asosan „Zu-t-Taj“ – tojli kishi laqabi bilan mashhur) boshchiligida isyon koʻtargan edi. Baʼzi manbalarga koʻra, Laqiyt oʻzini paygʻambar deb ham daʼvo qilgan. Huzayfa Ummon viloyatiga kirib borgan boʻlsa-da, uning qoʻl ostidagi kuchlar Zu-t-Tajga qarshi kurashish uchun yetarli emas edi. Shu sababli Huzayfa yordam kutishga qaror qilib, xalifaga xat yozdi. Shundan soʻng, 632-yil sentyabr oyi oxirlarida xalifa Ikrima ibn Abu Jahlni unga yordamga yubordi. Ikrima Yamomadan Ummon sari yurish qildi. Huzayfa va Ikrimaning birlashgan qoʻshinlari Zu-t-Tajning qal’asi hisoblangan Dibbo hududida 632-yil noyabr oxirida boʻlib oʻtgan Dibba jangida gʻalaba qozondi va Zu-t-Taj oʻldirildi. Shundan soʻng, Huzayfa Ummon hokimi etib tayinlandi va hududda tartib va qonuniylikni tiklash ishlariga kirishdi. Mahalliy boshqaruv ishlari Ikrimaning vazifasi boʻlmaganlifi bois oʻz qoʻshini bilan Dibbo atrofidagi hududlarni boʻysundirishga kirishdi. Bir necha kichik toʻqnashuvlarda Madina hokimiyatiga boʻysunishdan bosh tortayotgan Azd qabilasi qarshiligini bartaraf etdiThe Journal of Oman Studies, Page 100.
Manbalar
Turkum:Roshidun xalifaligi noiblari Turkum:Sahobalar