Eni Çobani (1972-yil 27-mayda tugʻilgan) – albaniyalik huquqshunos va teleboshlovchi. U 2011-yildan beri „E Diela Shqiptare“ dasturining „Shihemi ne gjyq“ (Sudda koʻrishamiz) boʻlimini olib borishi bilan mashhur.
Eni Çobani Tiranada tugʻilgan. Oliy maʼlumotni tamomlagach, u darhol Tirana universiteti Huquq fakultetining Davlat huquqi kafedrasida oʻqituvchi etib tayinlangan.
Eni Çobani 2011-yildan beri Tv Klan telekanalidagi „E Diela Shqiptare“ dasturidagi „Shihemi ne gjyq“ boʻlimida odamlarning nizolarini va muammolarini hal qilishi bilan tanilgan.
U 1997-yilda Avenir Shehuga turmushga chiqqan. Ularning bir oʻgʻli bor.
Manbalar
Turkum:20-asr albaniyalik huquqshunoslari Turkum:Albaniyalik teleboshlovchilar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Albaniyalik inson huquqlari himoyachilari Turkum:Tirana universiteti oʻqituvchilari