Yakshanba — 2023-yilda rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan badiiy film. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan tasvirga olingan.
Syujeti Film chekka qishloqda osoyishta hayot kechirayotgan chol-kampirning farzandlari bilan munosabatlari haqida hikoya qiladi. Toʻngʻich oʻgʻil ota-onasiga yaqin joyda, kenja oʻgʻil esa chet elda ishlaydi. Oilaviy dramada ikki avlod oʻrtasidagi ziddiyatlar aks ettirilgan.
Rollarda
Abdurahmon Yusufaliyev Roza Piyazova Raʼno Sharipova Nasrulla Nurov
Eʼtirof etilishi „Yakshanba“ filmi „Meduza“ nashri kino tanqidchisi Anton Dolin tomonidan tuzilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh rejissyorlarining tomosha qilishga arziydigan beshta filmi roʻyxatidan joy olgan. Tanqidchining fikriga koʻra:
Mukofotlari +DavlatFestivalNominatsiyaSovrinXXV Shanxay xalqaro kinofestivaliOsiyoning yangi iste’dodlariOltin kubokXV Toshkent xalqaro kinofestivaliEng yaxshi filmGran-pri„Aytmatov va kino“ I xalqaro kinofestivaliEng yaxshi filmGran-priXalqaro Osiyo filmlari festivali („Le Festival international des cinémas d'Asie, FICA“)Tomoshabin mehrini qozongan filmXalqaro Osiyo filmlari festivali („Le Festival international des cinémas d'Asie, FICA“)Kinotanqidchilar mukofotiFESTIVAL UNIVESCINE A L‘ESTEng yaxshi filmBatman Film Günleri„Muvaffaqiyat“ mukofotiBengaluru International Film FestivalEng yaxshi filmInternational Film Festival of IndiaOsiyoning eng yaxshi filmi„Skip City International D-Cinema“ festivaliGran-priBoku xalqaro kinofestivaliEng yaxshi ssenariy Rejissyor Shokir Xoliqov 2023-yilgi „Oltin Humo“ milliy kinotaqdimotida „Yakshanba“ filmi uchun „Eng yaxshi ssenariy“ hamda „Eng yaxshi rejissorlik ishi“ nominatsiyalari gʻolibi deb topilgan. Shuningdek, ilk toʻliq metrajli badiiy filmi uchun quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan: +DavlatFestivalNominatsiyaBastau xalqaro kinofestivali (Bastau International Film Festival)Eng yaxshi rejissyorRed Sea film festivalEng yaxshi rejissyor Hindiston xalqaro kinofestivali (International Film Festival of India)Eng yaxshi rejissyor Aktrisa Roza Piyazova „Yakshanba“ filmidagi roli uchun Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan „Ak Ilbirs“ marosimida „Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2023-yil filmlari Turkum:Shokir Xoliqov filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari