Baoʼan stadioni () – Xitoyning Shenjen shahridagi Baoan tumanida joylashgan koʻp maqsadli stadiondir. 2011-yilgi yozgi Universiadada ayollar futboli musobaqalarini oʻtkazish uchun qurilgan bu stadion 44 050 tomoshabinni sigʻdira oladi. Uning balandligi 40 metrni tashkil etadi. Stadion dizayni Janubiy Xitoyda keng tarqalgan bambuk oʻrmonlaridan ilhomlangan boʻlib, stadion oʻz nomini olgan.
Stadion oʻrindiqlarni ustini tom qismi bilan qoplash uchun konsol membranali va Xitoyning janubidagi keng bambukzorlardan ilhom olingan holda stadionning tashqi qismini oʻrab turgan poʻlat tayanch konstruksiyalari tizimi oʻrnatilgan.
Stadionga Shenjen metrosining 1-chizigʻida joylashgan yaqin atrofdagi Baoʼan stadioni bekati xizmat koʻrsatadi.
Bu ikkinchi divizion klubi Shenjen Rubining uy stadioni hisoblanadi.
Stadion „ITTF World Tour“ jahon seriyasining eng yirik turniri China Open (stol tennisi) uchun anʼanaviy joy hisoblanadi.
Yana qarang
Xitoydagi futbol stadionlari roʻyxati Xitoydagi stadionlar roʻyxati Stadionlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar Stadion tavsifi
Turkum:Shenjendagi sport maydonlari Turkum:Xitoy futbol stadionlari Turkum:Baoʼan tumani