Elsad Zverotić (; 1986-yil 31-oktyabr, Berane, Yugoslaviya) – oʻng qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynagan sobiq professional futbolchi. Elsad Yugoslaviyada tugʻilgan, dastlab Shveysariyaning 18 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida oʻynagan, keyin esa Chernogoriyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga oʻtgan. Elsad 2008-yildan 2017-yilgacha 61 ta oʻyin oʻtkazib, Chernogoriya milliy terma jamoasining tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan ikkinchi futbolchisi hisoblanadi.

Klubdagi faoliyati Zverotić 2011-yilning yozida BSC Young Boys klubiga qoʻshilganVijesti: Elsad Zverotić od ljeta u Jang Bojsu 9 February 2011. . 2012-yil 22-noyabr kuni UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichida Zverotich „Anfield“ stadionida Liverpul klubiga qarshi oʻyinda esda qolarli gol urganYahoo! Sports: Liverpool 2-2 Young Boys: Zverotic wonder goal halts Reds progression late on 22 November 2012., oʻyin 2:2 hisobida durang bilan tugagan.

2013-yilning 2-sentyabrida Zverotić „Fulham“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Shartnomada futbolchida shartnomani qoʻshimcha bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud boʻlib, keyingi maoshi oshkor qilinmagan. Zverotić 2015-yilning 16-fevralida oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan.

Ertasi kuni Zverotić Shveytsariyagaqaytib, Sion klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. 2017-yil noyabr oyida Zverotić yangi murabbiyi Gabri García tomonidan zaxiraga olingan yetti oʻyinchidan biri boʻlgan.

Terma jamoadagi faoliyati Zverotić Shveysariyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga taklif qilingan. Biroq, keyinchalik Zverotić oʻz faoliyatini vatani Chernogoriya uchun davom ettirishga qaror qilgan va 2007-yil 2-mayda Chernogoriya U21 terma jamoasi safida Albaniyaga qarshi oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazgan.

2010-yil 7-sentyabrda Zverotić Sofiyadagi Vasil Levski milliy stadionida oʻtkazilgan UEFA Yevro-2012 saralash bosqichida Bolgariyaga qarshi oʻyinda 30 metr masofadan zarba berib, oʻzining terma jamoadagi birinchi golini urgan. Zverotić 2011-yil 7-oktyabrda Angliyaga qarshi oʻtkazilgan yana bir saralash oʻyinda gol urgan. Bu gol Chernogoriyani magʻlubiyatdan qutqarib qolgan boʻlib, Podgoritsadagi oʻyin 2:2 hisobida durang bilan tugagan. Zverotić 2014-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida ikkita gol urgan, ulardan biri San Marino ustidan qozonilgan gʻalaba goli boʻlgan . Uning terma jamodagi soʻnggi oʻyini 2017-yil sentyabr oyida Ruminiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyini boʻlgan.

Zverotić Chernogoriya milliy terma jamoasida 61 marta maydonga tushgan boʻlib, milliy terma jamoada 63 ta oʻyinda ishtirok etgan Fatos Bećirajdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Yutuqlari Sion 2014—2015 – Shveysariya kubogi

Manbalar

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari