Omobolaji Habeeb „Bobby“ Adekanye (1999-yil 14-fevral, Ibadan, Nigeriya) – nigeriyalik professional futbolchi, hozirda Eredivisie ligasidagi Go Ahead Eagles klubining hujumchisi sifatida toʻp suradi. Nigeriyada tugʻilgan Adekanye xalqaro maydonda Niderlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati

Barcelona mojarosi Adekanye 2015-yilda Liverpuldan FC Barselona klubiga oʻtgan, undan oldin esa AFC Ajax klubida ham oʻynagan. FIFA voyaga yetmagan futbolchilarni roʻyxatga olish qoidalari buzilganligini aniqlangach, Adekanye Barcelonani tark etishga majbur boʻlgan. Adekanye FIFA tomonidan Barcelonada qayta oʻynashi taqiqlangan oltita yosh futbolchidan biri boʻlgan. Natijada Barcelona klubiga ham bir yillik transfer taqiqi qoʻyilib, 306 ming funt sterling miqdorida jarima solingan.

Irqchilik mojarosi UEFA tomonidan Moskvaning „Spartak“ klubiga Liverpulga qarshi UEFA Yoshlar ligasi oʻyinida muxlislarining Adekanyega nisbatan irqchilik xatti-harakatlari uchun ayb qoʻyilgan. Aybdor deb topilganiga qaramay, keyingi oʻyinda ular yana Liverpul bilan oʻynashgan, ammo Spartak klubi muxlislari ingliz klubi oʻyinchisi Rhian Brewsterga nisbatan irqchilik qoʻshiqlari kuylashgani uchun Liverpul Spartak klubi ustidan shikoyat qilgan.

Lazio Adekanye 2019-yil 3-iyulda Italiyaning „Lazio“ jamoasiga oʻtdi. Adekanye „Lazio“ safidagi ilk oʻyinini 2019-yil 19-sentyabrda UEFA Yevropa ligasi doirasida CFR Kluj klubiga qarshi oʻtkazgan. Adekanye Serie A ligasidagi debyutini 2019-yil 29-sentyabrda Genoaga qarshi oʻtkazgan. 2019-yilning 28-noyabrida esa Adekanye Yevropa ligasining „Kluj“ klubiga qarshi oʻyinida birinchi bor asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Cádiz klubiga ijaraga berilishi 2020-yil 5-oktyabrda Adekanye La Liganing Cádiz CF klubiga 2020—2021-yilgi mavsum uchun ijaraga berilgan. Biroq, shartnoma mavsum oʻrtasida bekor qilingan, Adekanye Ispaniya klubi safida beshta oʻyinda maydonga tushgan.

ADO Den Haag klubiga ijaraga berilishi 2021-yilning 28-yanvarida Adekanye mavsum oxirigacha ijara asosida Eredivisiening ADO Den Haag klubida harakatlanga.

Crotone klubiga ijaraga berilishi 2022-yilning 30-yanvarida Adekanye mavsum oxirigacha B Seriyadagi „Crotone“ klubiga ijaraga berilgan.

Go Ahead Eagles 2022-yil 21-iyun kuni Adekanye ikki yillik shartnoma asosida Go Ahead Eagles klubiga oʻtgan.

Terma jamoadagi faoliyati Adekanye Nigeriyada tugʻilgan boʻlsa-da, 4 yoshida Niderlandiyaga koʻchib oʻtgani sababli, Niderlandiya yoshlar futbol terma jamoasi tarkibida oʻyinlarda qatnashgan.

Yutuqlari Lazio

Supercoppa Italiana: 2019

Shaxsiy yutugʻi

Eredivisieda oyning eng yaxshi klubi: 2023-yil yanvar.

Manbalalar

Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar