Abbosa binti Sulaymon () – Abbosiylar malikasi, Sulaymon ibn Abu Jaʼfarning qizi, Abbosiylar xalifasi al-Mahdiyning jiyani va xalifa Horun ar-Rashidning rafiqasi.

Hayoti Abbosa binti Sulaymon Abbosiy shahzodasi Sulaymonning qizi va xalifa Horun ar-Rashidning () rafiqasi boʻlgan. Taxminan 803–804-yillarda Horun ar-Rashidga turmushga chiqqan.

Uning otasi Sulaymon Abbosiylar xalifasi Abu Jafar al-Mansurning () va uning xotini Fotima binti Muhammadning oʻgʻli boʻlgan. Fotima islom paygʻambari Muhammadning yetakchi sahobalaridan biri Talha ibn Ubaydallohning oʻgʻli Iso ibn Talha at-Taymiyning nabirasidir.

Abbosa Horun ar-Rashidga turmushga chiqishidan oldin ham ushbu xonadonga qarindosh boʻlgan. U xalifaning uchinchi va oxirgi xotini edi. Horun ar-Rashidning birinchi Abbosiy xotini Zubayda binti Jaʼfar, ikkinchisi Ummu Muhammad binti Solih boʻlgan.

Horun ar-Rashidning Jurashiyya al-Usmonniya ismli boshqa xotini ham boʻlgan. Jurashiyya Abdulloh ibn Muhammadning qizi boʻlib, Roshidunning uchinchi xalifasi Usmon avlodidan edi.

Oilasi Abbosa binti Sulaymon bir qancha Abbosiy xalifalar, shahzoda va malikalar bilan qarindosh boʻlgan. Farzandlari juda yoshligida vafot etgan, oʻgay oʻgʻillari bilan ham yaxshi munosabatda boʻlgan. №AbbosiylarQarindoshligi1Horun ar-Rashideri2Muhammad al-Aminoʻgay oʻgʻli3Al-Maʼmunoʻgay oʻgʻli4Al-Qosim ibn Horun ar-Rashidoʻgay oʻgʻli5Ali ibn Horun ar-Rashidoʻgay oʻgʻli6Sukayna binti Horun ar-Rashidoʻgay oʻgʻli7Hamduna binti Horun ar-Rashidoʻgay qizi8Fotima binti Horun ar-Rashidoʻgay qizi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Horun ar-Rashid Turkum:780-yilda tugʻilganlar Turkum:810-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari