Farhod Abdullayev (1957-yil 1-oktyabr, Yakkabogʻ tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist(2002). Mehnat shuhrati ordeni va Sog'lom avlod uchun ordeni sohibi.

Hayoti Farhod Abdullayev 1957-yil 1-oktyabrda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tavallud topgan. Oilada 9 farzand (7 oʻgʻil va 2 qiz) boʻlishgan. Maktabni bitirib, Toshkentga keladi va oʻqishga kiradi. Shu yiliyoq Oʻzbek milliy akademik drama teatriga sahna ishchisi boʻlib ishlashni boshlaydi va keyinchalik suflyor, yordamchi rejissyor sifatida ham faoliyat olib boradi. U institutni tamomlamasdan turib rol oʻynashni boshlab yuboradi. Lekin teatr rahbariyati uni aktyor sifatida ishga olishni xohlashmaydi. Institutni tamomlagandan keyin Oʻzbek davlat drama teatriga ishga yuboriladi.

Bundan soʻng „Yosh gvardiya“ teatriga ishga kiradi. Bu paytda kinofilmlarda rol oʻynashni boshlaydi va teatrdagi ishiga kech kelishni boshlaydi. Bu rejissyor Bahodir Yoʻldoshevga yoqmaydi va Farhod Abdullayev u yerdan chiqib ketadi. Soʻng Xamza teatriga ishga kiradi.

U hozirda teatrda aktyor va rejissyor, telekanallarda boshlovchi boʻlib faoliyat yuritadi.

Oilasi Turmush oʻrtogʻi bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlaydi. Ularning 3 ta farzandi va 8 nafar nabiralari bor.

Faoliyati +YilNomiObrazIzohKelinlar qoʻzgʻaloniKenja oʻgʻril2015Koʻngil +Suratga tushgan filmlariYilNomiObrazIzoh1984Olovli yoʻllarEpizod1992MaklerKoʻp bolali ota1995BombaRajab, kulgili mototsiklchi1997 1998Koʻngil koʻchalari1998Bo Ba BuItaliya, Fransiya va Oʻzbekiston filmiShaytanatMurodilla (Xumkalla)Serial2002CinedictumKitob oʻqiyotgan odamDilxirojOʻrtoq BoykenjayevBoykenjayevBosh rol2003Anastasiya SlutskayaBelarus filmiDardUmarov, militsiya polkovnigi2004Meni yolgʻiz qoldirmaEpizodSevinchMirzabek, Sevinchning otasiAfandi va AzroilBektoshBosh rol2005ErkakYarim baxtSardor 2Bosh rolTaqdir charxpalagi2006ChashmaIchkilikbozShamol odami2007NotanishJamolning otasi2009GastarbayterKarimJannat qaydadir?TursunSalamander iziMilitsiya mayoriSogʻinch2010Uchar qizBosh rol2011Uchar otlarXon2012AfgʻonFayzullo, oʻlgan askarning otasiQovunMilitsiya mayoriDunyoTubanlikRobinzon QoʻziTaqdirlarYarim baxt2013VafodorimBosh rolBekatdagi odam2014ZarbAdham GʻofurovichKatta hovli2015Kuzda gullagan daraxtBarakasini bersinQanotPayshanbadan payshanbagacha 2Novda2016AvtotestSerialDadam betobMaʼsumaErkaklar fasli2017Muqaddas istakMama2018Berlin – OqqoʻrgʻonHayot2019Elparvar2020Meni uylantirishSerialRaisKetma onasiHamilionDuelErka kelinSnos mojarosiDevona oshiqlar2021Ishtahadagi ishqOrzular qanotidaKuydurmajon2022Vatan ostonasiBoshga tushganni koʻz koʻrar2023Abdulla OripovBosh rolOsmondagi bolalar 3: Yerdagi otalarHokim buvaKichik serial

Mukofotlari

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist „Eʼtirof 2016“ – Eng yaxshi kinoaktyori Mehnat shuhrati ordeni(2026)

Sog'lom avlod uchun ordeni(2021)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar