Beshtol jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Beshtol shaharchasida joylashgan masjid. 1998-yil 26-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi Masjid binosi 1998-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 500 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2022-yilda masjid xonaqosi joriy taʼmirdan chiqarilgan.
Masjidga uzoq yillarda buyon Muqumjon Qoraboyev imomlik qilib kelmoqda. Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha masjidlar Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Andijon viloyati