Mulla Raxmatullo jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Uzun koʻcha mahallasida joylashgan masjid. 1998-yil 2-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi Masjid binosi 1991-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 500 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2020-yilda masjid xonaqosi joriy taʼmirdan chiqarilgan.
Masjidga Zuhribiddin Olimov imomlik qilib kelmoqda. Manbalar
Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Andijon viloyati Turkum:Alifbo boʻyicha masjidlar